00:08 / 04.06.2018
4 394

Qo‘lqopsiz boks jangi birinchi zarbadayoq yakunlandi (video)

Qo‘lqopsiz boks jangi birinchi zarbadayoq yakunlandi (video)
Amerikalik bokschi Sem Shyumeker Bare Knuckle FC tomonidan ilk bora o‘tkazilgan qo‘lqopsiz boksda aralash stildagi jang (MMA) ustasi Erik Prindni birinchi zarbadayoq nokautga uchratdi. Zarbaning videosi MMA Junkie portali xodimi Saymon Samanoning Twitter-akkauntida e’lon qilingan.
Shyumeker 18-soniyada o‘ng taraflama hukni amalga oshirishni uddaladi va buning oqibati Prindning nokautga uchrashi bilan yakunlandi. Bu jangdagi har ikki bokschi uchun ham dastlabki zarba edi.

Qo‘lqopsiz boks bo‘yicha qonuniy turnir AQShda 2 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Bunday boksning qoidalariga ko‘ra, qo‘lning suyaklari biror narsa bilan himoyalanmasligiga ruxsat etiladi. Jangda MMA jangchilari va bokschilar ishtirok etishdi.

Klassik boksda Shyumeker uch jang o‘tkazib, ularning barisini g‘alaba bilan yakunlagan. Prindl esa Bellator promoushenidagi chiqishlari bilan mashhur. 41 yoo‘shli bokschi MMA qoidalariga ko‘ra 20 ta jang o‘tkazgan va ularning 11 tasida g‘alaba qozongan. 9 ta jangda Prindl mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qo‘lqopsiz boks jangi birinchi zarbadayoq yakunlandi (video)