13:55 / 04.06.2018
3 145

Ronalduni JCh-2018’da sobiq desantchi va MMA jangchisi qo‘riqlaydi (foto)

Ronalduni JCh-2018’da sobiq desantchi va MMA jangchisi qo‘riqlaydi (foto)
Rossiyadagi jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning xavfsizligini sobiq desantchi Nuno Marekush va MMA’ning sobiq jangchisi Gonsalo Salgado ta’minlaydi. Bu haqda Kun.uz nashri ma’lum qildi.

Marekush Ronalduni Kiyevdagi Chempionlar ligasi finali vaqtida qo‘riqlagan. Ma’lum qilinishicha, Marekush xususiy qo‘riqchilik firmasida ishlaydi. U avval Lissabon aeroportining xavfsizlik bo‘yicha direktori bo‘lib ishlagan. Sobiq desantchi bo‘sh vaqtida buqalar jangida ishtirok etib keladi.

Ronalduning ikkinchi qo‘riqchisi, vazni 139 kg, bo‘yi 188 sm ni tashkil qiluvchi Salgado o‘ta og‘ir vaznda MMA janglarida ishtirok etib kelgan. U jangchilik faoliyatida 9 ta jang o‘tkazib, 7 tasida g‘alaba qozongan, 2 tasida mag‘lub bo‘lgan. U MMA’dagi so‘nggi jangini 2011 yil martda Moskvada o‘tkazgan va rossiyalik Arsen Adbulkerimovga mag‘lub bo‘lgan.

Gonsalo Salgado/Foto: Goncalo Salgado/Instagram

Nuno Marekush/Foto: Facebook
So‘ngra Salgado qo‘riqchilik agentligini tashkil etgan. U Ronalduga bir necha yildan beri tansoqchilik qilib keladi.

Portugaliya terma jamoasi V guruhida Ispaniya (15 iyun, Sochi), Marokash (20 iyun, Moskva, “Lujniki”) va Eron (25 iyun, Saransk) bilan bellashadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronalduni JCh-2018’da sobiq desantchi va MMA jangchisi qo‘riqlaydi (foto)