18:06 / 04.06.2018
4 326

Vadim Abramov «AGMK» bosh murabbiyi bo‘lishi kutilmoqda

"AGMK" klubi bosh murabbiyi Viktor Kumikov o‘z arizasiga ko‘ra iste’foga chiqarildi. Bu haqida klub rasmiy saytida xabar tarqatildi.

Uff.uz'ga ma’lum qilinishicha "AGMK" boshqaruviga Vadim Abramov tayinlanishi kutilmoqda. Hozircha bu xabar rasman tasdiqlangani yo‘q. Eslatib o‘tamiz, milliy terma jamoamiz sobiq bosh murabbiyi O‘FA tomonidan futbol bilan bog‘liq faoliyat turidan chetlatilgan edi, ammo keyinchalik futbolga qaytarilgan.

Ta’kidlash joiz, Vadim Abramov O‘zbekiston Kubogi doirasida kechgan "AGMK" -"Nasaf" o‘yinini stadionda kuzatib borgan edi.

Manba: www.uff.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov «AGMK» bosh murabbiyi bo‘lishi kutilmoqda