10:50 / 06.06.2018
4 331

Sakkiz yillik tanaffusdan so‘ng Toshkent shahar karate federatsiyasi qayta tuzildi

Sakkiz yillik tanaffusdan so‘ng Toshkent shahar karate federatsiyasi qayta tuzildi
O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasining yangi rahbariyati mamlakatimizda ushbu sport turining ommaviyligini oshirish, yoshlarni karatega yanada qiziqtirish yo‘lida islohotlarni boshlab yuborgan. Bu borada kadrlar masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bungacha Samarqand viloyati karate federatsiyasida konferensiya tashkil qilinib, yuzaga kelgan muammolar, kamchiliklar ko‘tarilgan va yakunda viloyat karate federatsiyasiga yangi rahbar tayinlangandi.

Bugun ana shu islohotlarning mantiqiy davomi sifatida navbatdagi yig‘ilish tashkil qilindi. O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasining tashabbusi bilan sakkiz yildan buyon faoliyati to‘xtab qolgan Toshkent shahar karate federatsiyasi qayta tuzildi va yana faoliyat olib boradigan bo‘ldi. Qayd etib o‘tish lozimki, o‘z vaqtida mazkur federatsiya o‘zbek karatesining asosiy bo‘g‘ini hisoblanardi, ammo so‘nggi sakkiz yilda tashkilot faoliyati to‘xtab qolgandi.

Qayta jonlantirilgan federatsiyaga Alijon Hamroyev rahbar etib saylandi. Qahramon Dehqonov va Doniyor Qurbonboyev vitse-prezident lavozimida ish olib boradilar. Husniddin Sopiyev esa Toshkent shahar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi. Yig‘ilishda Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan 40 nafardan ortiq murabbiy, hakam va karate fidoyilari ishtirok etdi.

Unda so‘zga chiqqan O‘zbekiston karate federatsiyasi ijrochi direktori Otabek Qosimov mamlakat poytaxtida federatsiya yo‘qligining o‘zi karate sportning qay ahvolga kelib qolganidan dalolat berishi, bundan buyog‘iga yangi tashkil etilgan federatsiya oldiga jiddiy talablar qo‘yilishi, ish tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqilishi haqida gapirib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sakkiz yillik tanaffusdan so‘ng Toshkent shahar karate federatsiyasi qayta tuzildi