20:30 / 07.06.2018
2 967

O‘FA terma jamoaning FIFA reytingidagi 95-o‘rni uchun kim aybdor ekanini aytdi

O‘FA terma jamoaning FIFA reytingidagi 95-o‘rni uchun kim aybdor ekanini aytdi
Foto: www.the-uff.com
«FIFA reytingi nisbiy ko‘rsatkichdan boshqa narsa emas. O‘zbekiston termasining ayni vaqtda 95-o‘rinda turgani, uning o‘zidan oldinda turgan jamoalardan kuchsizligini bildirmaydi», — deb yozmoqda O‘FA rasmiy sayti.

Rasmiy bayonotda aytilishicha, O‘zbekiston milliy termasi 2017 yilning 5 sentyabr sanasidan buyon rasmiy o‘yinda ishtirok etgani yo‘q. Undan oldinga o‘tib olgan termalar esa Osiyo Kubogi uchun saralashni davom ettirishga majbur bo‘lgandi. O‘sha o‘yinlarda qo‘lga kiritilgan ochkolargina ayni paytdagi reytingga sabab bo‘ldi.

O‘FA o‘z prinsiplaridan chekinmaydi va o‘rtoqlik o‘yinlarini sifatli tashkil qilish uchun harakatni davom ettiradi. Ya’ni, kuchsizroq raqiblarni yengib, jadvalda ko‘tarilib olish haqida o‘ylamaydi. 2019 yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi esa hamma masalaga oydinlik kiritib beradi.

Osiyo kubogiga qur’a tashlanishida FIFA reytingi inobatga olinmadi. JCh—2022 saralashiga qur’a esa Osiyo Kubogidan keyin bo‘lib o‘tadi. Qit’a chempionatidagi natija O‘zbekiston termasini reytingda yuqoriga olib chiqishi mumkin.

Qo‘shimcha qilinishicha, O‘FA rahbariyatida o‘zgarish yuz berganidan keyin O‘zbekiston termasi birorta ham rasmiy o‘yinda ishtirok etganicha yo‘q. FIFA reytingi so‘nggi 4 yillik natijalaridan kelib chiqib tuziladi. «Demak, ayni vaqtdagi holat uchun javobgarlik kimlarning zimmasida ekani barchaga ma’lum», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FA terma jamoaning FIFA reytingidagi 95-o‘rni uchun kim aybdor ekanini aytdi