11:25 / 08.06.2018
2 731

Fred... U qanchalik darajada yaxshi futbolchi?

Fred... U qanchalik darajada yaxshi futbolchi?
Yaqindagina Fred "Shaxtyor"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tdi. Biz Braziliya terma jamoasining futbolchisi haqida gapiramiz.
"Shaxtyor" va Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Fred bir necha yillardan buyon Yevropaning grand jamoalari e’tiborida bo‘ldi. "Barselona", "Arsenal", "PSJ", "Manchester Siti" i "Manchester Yunayted“... Yakunda Rossiyadagi JChga tayyorlanayotgan futbolchini MYu ilib ketdi.

U HAQIDA

"Fred - ajoyib futbolchi, jamoamizning asosiy figuralaridan biri. U men uchun eng yaxshi braziliyalik yarim himoyachi“.

"Shaxtyor" bosh murabbiyi Paulu Fonseka


"Fred "Manchester Yunayted"ga o‘tganidan xursandman. U bilan faxrlanaman. Fredni "Shaxtyor"ga olib kelganimda, hujumda boshqa futbolchilar o‘ynashardi. Shu boisdan uni ko‘proq tayanchda o‘ynatdim“.

"Shaxtyor"ning sobiq ustozi Mircha Luchesku


"Agarda klubda ishlaganimda, rahbariyatga Fredni olib kelish kerakligini aytardim“.

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite


"Fred - yaxshi yigit. U Braziliya terma jamoasi tarkibida o‘ynashga loyiq. Bir so‘z bilan aytganda Fred - tilla inson“.

"Shaxtyor" futbolchisi Tayson


STATISTIKA
Braziliya termasida: 8 o‘yin
Yevrokuboklarda: 21 uchrashuv, 6 gol
Xalqaro turnirlar: 149 uchrashuv, 20 gol

ShUHRAT ChO‘QQISIGA YO‘L

Braziliya
• U futbol bilan shug‘ullanishni Belu-Orizontida boshlagan. 10 yoshga kirganida "Atletiko Mineyro" klubining akademiyasiga qabul qilingan.

• "Atletiko Mineyro"dagi 6 yildan keyin u "Portu-Alegri", keyinchalik biroz mashhurroq "Internasonal"ga o‘tdi. Asosiy jamoada u 2012 yilda, 19 yoshligida debyut qildi.

• Tez orada u jamoaning asosiy yulduziga aylanib oldi va pleymeykerlik zonasida harakat qildi. Braziliya A Seriyasining 33 uchrashuvida u 7 gol urdi va shuncha golga assistentlik qildi.

"Shaxtyor"
• 2013 yilning iyunida u 15 mln yevro evaziga "Shaxtyor"ga ko‘chib o‘tdi. Ungacha jamoani Fernandino va Genrix Mxitaryan kabi futbolchilar tark etgandi.

• Boshida u Genrix Mxitaryanning o‘rnida harakat qilishi ko‘zda tutilgandi. Biroq Fred Aleks Teysheyraning o‘rnida o‘ynadi. Mircha Luchesku Fredni bir necha pozitsiyalarda sinab ko‘rdi. Uzoq vaqt davomida uning aniq bir joyini topa olmadi.

• Fredning "Shaxtyor"dagi debyuti a’lo darajada bo‘ldi. U Ukraina Superkubogida "Chernomorets" jamoasi darvozasiga ikki bora yo‘l topdi. Bahsda "konchilar" 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

• O‘zining mehnatkashligi, to‘p bilan ajoyib darajada ishlashi, maydonni ko‘ra olishi chapaqay Fredni jamoaning asosiy futbolchisiga aylantirdi. Paulu Fonseka jamoaga kelguncha, Fred har xil pozitsiyalarda to‘p tepdi.

• Fred 5 mavsum davomida "Shaxtyor" tarkibida uch marta Ukraina chempioni, ikki marta mamlakat kubogi va to‘rt bora Ukraina superkubogini qo‘lga kiritdi.

• Fred YeChLning yakunlangan mavsumida a’lo darajada o‘yin ko‘rsatdi va "Shaxtyor"ning 1/8 finalgacha yetib borishi o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. U bir necha marta turli top-murabbiylarning olqishiga sazovor bo‘ldi.

• Fredning "Roma"ga urgan goli YeChLning yakunlangan mavsumida yettinchi o‘rinni egalladi.

• "Shaxtyor"dagi ajoyib o‘yinlari sababli uning xizmatlariga "Barselona", "Arsenal" va PSJ tomonidan qiziqishlar bo‘ldi. Biroq braziliyalik uchun Manchester shahrining ikki jamoasi kurash olib borishdi. Yakunda u MYuga 60 mln yevro evaziga transfer bo‘ldi.

Braziliya terma jamoasi
• U terma jamoada 2014 yilning noyabr oyida Turkiyaga qarshi uchrashuvda debyut qilgan. Unda 85-daqiqada Luis Gustavoning o‘rniga maydonga tushdi.

• 2015 yilgi Kopa Amerika vaqtida uning qonidan taqiqlangan preparat gidroxlorotiazid moddasi topilgan. Shu boisdan u bir yilni diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuborgan.

• Shundan keyin deyarli uch yil davomida terma tarkibida o‘yinlarda qatnashmadi. 2018 yilning martida "Lujniki"da Rossiyaga qarshi uchrashuvda uzoq muddatlik tanaffusdan keyin Braziliya termasi safida maydonga tushdi.

• U milliy termaning JCh-2018ga boradigan yakuniy tarkibiga tushdi. Ayni paytda u mundialga tayyorlanmoqda.

BUNI SIZ BILMASANGIZ KERAK...

• Fred "konchi" jamoalar uchun tug‘ilgan. "Atletiko Mineyro"ni ham bemalol konchi deb atay olamiz. "Mineiro" so‘zini tarjima qiladigan bo‘lsak, shaxtyor degan ma’noni bildiradi. Uning bobosi uzoq yillar davomida konchi bo‘lib ishlagan.

• Fredning kumiri - Ronaldino. "Uning fintlari, texnikasi, zarbalari meni o‘ziga jalb qilardi. Ronaldinoning o‘yinlarini nusxalab olishni istardim. Unga o‘xshashni istayman", - degandi Fred 2013 yilda.

• Fredning professional futbolchi bo‘lishida argentinalik va urugvayliklarning o‘rni katta... "Faoliyatimni boshlaganimda Andres D'Alessandro (Argentina termasi sobiq futbolchisi) va mashhur Diyego Forlan bilan o‘ynaganman. Mashg‘ulotlar davomida ularning uslubini o‘zlashtirishga intildim. Aynan ular tufayli Yevropa futboliga tayyorlanib bordim", - dedi u.

• U "Shaxtyor" tarkibida ko‘plab braziliyaliklar bilan to‘qnash keldi: Tayson, Luis Adriano, Duglas Kosta, Ilsino... Uning eng yaxshi davrlari avtohalokatda vafot etgan Maykon Oliveyra bilan bo‘lgandi.

U ShUNDAY DEDI

"Avvaliga Donetskda menga juda qiyin bo‘ldi. Men o‘zim yaxshi ma’lumotlarga ega bo‘lmagan mamlakatga kelgandim. Asosiy muammo - til, yana muomala edi. Biroq jamoada braziliyaliklarning ko‘pligi mening foydamga ishladi. Albatta, sovuq edi! U yerga borganimda qish edi. Bu biz uchun juda ham sovuq. Boshida men uchun bu qiziq bo‘ldi, ammo vaqt o‘tganidan keyin barchasiga o‘rgandim".

"Braziliyada oz vaqt bo‘lsa-da, professional darajada o‘ynagandim. Ukrainada esa katta tajriba orttirdim. Bu yerdagilar, jamoadoshlar, murabbiylar, kim bilan birga ishlayotgan bo‘lsang, barcha bir-biriga yordam beradi".

"Fonseka menga yarim himoyadagi funksiyalarimni chiqarishda erkinlikka yo‘l berdi. Luchesku men ko‘proq hujumda o‘ynatishga intildi. Fonseka tizimida menga ko‘proq hujumda imkoniyatlar bor edi. "Shaxtyor"ning dirijyoriga aylanib olgandim".

"Fonseka meni eng yaxshi braziliyalik deb atashidan juda xursandman. Jamoadagilarga yordam berish uchun juda ko‘p mehnat qilaman. Shu boisdan bunday gaplarni eshitish - juda yoqimli. Fonseka - aqlli inson. U menga juda ko‘p bora yordam berdi".

"Men Braziliyaning odatiy futbolchilaridan emasman. Raqib bilan qanday o‘ynash kerakligini yaxshi uqib olganman".
Mirjalol Normatov tarjimasi

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fred... U qanchalik darajada yaxshi futbolchi?