20:20 / 08.06.2018
3 844

Qozog‘iston Prezidenti kubogi uchun bugun yetti nafar bokschimiz ringga chiqadi

Qozog‘iston Prezidenti kubogi uchun bugun yetti nafar bokschimiz ringga chiqadi
Xabar berib o‘tganimizdek, Astana shahrida boks bo‘yicha Qozog‘iston Prezidenti kubogi uchun musobaqa davom etmoqda.

Kecha bo‘lib o‘tgan janglarda besh nafar bokschimiz ringga chiqdi va ularning uch nafari g‘alaba qozondi. Shunqor Aburasulov, Mahmud G‘oipov va Bektemir Meliqo‘ziyevlar raqiblarini mag‘lbiyatga uchratib, navbatdagi bosqichga yo‘l olishdi. Jasurbek Latipov va Ulug‘bek Mubinovlar afsuski mag‘lubiyatga uchrab, musobaqadagi ishtiroklarini yakunladilar.

Bugun yana yetti nafar bokschimiz ringga chiqadi:

-49kg: Hasanboy Do‘smatov – Lalbiakkima Nutlai (Hindiston)

-56kg: Shahobiddin Zoirov – Tongdi Yuttapong (Tailand)

-64kg: Iqboljon Xoldorov – K.Kuanov (Qozog‘iston)

-64kg: Aliyor Noraliyev – Daniyar Damirdinulu (Qirg‘iziston)

-75kg: Isroil Madrimov – T.Kulahmed (Qozog‘iston)

-91kg: Sanjar Tursunov – Anton Pinchuk (Qozog‘iston)

-60kg: Rayhona Qodirova – Priyanka Choudari (Hindiston)

Ma’lumot uchun, ushbu xalqaro musobaqada 15dan ziyod mamlakat charm qo‘lqop ustalari ishtirok etishmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi ham turnirda o‘zining asosiy tarkibi bilan qatnashmoqda. Mazkur turnir bokschilarimiz uchun Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonining navbatdagi bosqichi hisoblanadi.

Manba: www.olympic.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qozog‘iston Prezidenti kubogi uchun bugun yetti nafar bokschimiz ringga chiqadi