06:01 / 09.06.2018
3 233

Davron Kabulov Urugvay – O‘zbekiston o‘yini haqida: "35-daqiqadan keyin tanaffustalab jamoaga aylanib qoldik baribir"

Даврон Кабулов Уругвай – Ўзбекистон ўйини ҳақида: "35-дақиқадан кейин танаффусталаб жамоага айланиб қолдик барибир"
Montevideo shahridagi "Sentenario" stadionida Urugvay hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtlarimiz 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Ushbu o‘yinga hamma turlicha fikr bildirmoqda. Jumladan “Million” jamoasi a’zosi, jurnalistikada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Davron Kabulov o‘zining ijtimoiy sahifasida quyidagicha izoh qoldirdi.

- 35-daqiqadan keyin tanaffustalab jamoaga aylanib qoldik baribir.

Javohir Sidikovning oyog‘ida to‘p turmayapti... Qabul qilishda texnik xatolar ko‘p. Dovdirash bor, hayriyatki hammada emas. 0:3 - yomon emas. Har qanaqasiga. O‘FA "molodsы" 3-sort terma jamoalar bilan sparring tushaverib, adashib Turkiya uchrab qolsa, bir hafta qolganda «OTMEN» deb e’lon qilinadigan afishalar fonida Kavani, Godin, Suaresni tomosha qilish ham zavqli, ham foydali.

35-daqikadan keyin tanaffustalab jamoaga aylanib koldik baribir, - dedi Kabulov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Urugvayga qarshi bellashuvning 30-daqiqasidan so‘ng gol o‘tkazib yuborishni boshlagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Kabulov Urugvay – O‘zbekiston o‘yini haqida: "35-daqiqadan keyin tanaffustalab jamoaga aylanib qoldik baribir"