13:00 / 09.06.2018
4 417

Hasanboy Do‘stmatov yana mag‘lubiyatga uchradi

Hasanboy Do‘stmatov yana mag‘lubiyatga uchradi
Foto: «Sports.uz»
Shu kunlarda Ostona shahrida boks bo‘yicha Qozog‘iston prezidenti kubogi uchun turnir bo‘lib o‘tmoqda.

Milliy olimpiya qo‘mitasi bergan xabarga ko‘ra, chorak final doirasida ringga chiqqan olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘stmatov kutilmaganda hindistonlik Lalbiakkima Nutlaiga mag‘lubiyatga uchradi.

Eslatib o‘tamiz, Hasanboy Do‘stmatov Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha «Gubernator kubogi» musobaqasi finalida ham mag‘lub bo‘lgan edi.

Og‘ir vaznli bokschimiz Sanjar Tursunov esa mezbonlar vakili Anton Pinchukka imkoniyatni boy berdi.

Shahobiddin Zoirov, Iqboljon Xoldorov, Aliyor Noraliyev, Isroil Madrimov kabi bokschilarimiz esa g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Bugun musobaqada yarim final janglari bo‘lib o‘tadi:

-56kg: Shahobiddin Zoirov – K.Yeraliyev (Qozog‘iston)
-60kg: Shunqor Abdurasulov – Z.Safiullin (Qozog‘iston)
-64kg: Iqboljon Xoldorov – M.Vuttichai (Tayland)
-64kg: Aliyor Noraliyev – B.Ibragimov (Qozog‘iston)
-69kg: Mahmud G‘oipov – A.Jusupov (Qozog‘iston)
-75kg: Isroil Madrimov – A.Amankul (Qozog‘iston)
-81kg: Bektemir Meliqo‘ziyev – B.Nurdauletov (Qozog‘iston)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hasanboy Do‘stmatov yana mag‘lubiyatga uchradi