23:25 / 12.06.2018
3 561

Ro‘ziqul Berdiyev: “Tayyor g‘alabani qo‘lga chiqardik”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Tayyor g‘alabani qo‘lga chiqardik”
“Metallurg” – “Nasaf” (2:2) uchrashuvidan keyin qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul BERDIYeV o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Bugun tayyor g‘alabani qo‘ldan berdik. Bunga o‘zimiz aybdormiz. Agar ikkinchi bo‘limda ham dastlabki bo‘limdagidek o‘ynaganimizda, g‘alaba qozongan bo‘lardik. Afsuski, ikkinchi bo‘limda yigitlarimiz kurashdan to‘xtab qolishdi, ular ertaroq “g‘alaba qozondik” deb, o‘ylashdi. Bugun zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarimiz o‘yinimizni kuchaytira olishmadi ham. Oxirgi daqiqalardagi darvozamizga belgilangan penalti haqqoniy bo‘ldimi, yo‘qmi buni aniq ko‘rmadim. Buni o‘yin yozuvidan ko‘rib aniqlaymiz. Albatta endi jamoamizda o‘zgarishlar bo‘ladi. Yetakchi o‘yinchilarimizni jamoamiz safida olib qolish haqida ko‘proq bosh qotirayapmiz. Chunki mavsumni yaxshi natija bilan yakunlashimiz kerak bo‘ladi.
"Nasaf" matbuot xizmati.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: “Tayyor g‘alabani qo‘lga chiqardik”