07:30 / 13.06.2018
4 129

Ramzan Kadirov: "Saloh Chechenistonda uni qanchalik yoqtirishlarini ko‘rib hayron qoldi"

Рамзан Кадиров: "Салоҳ Чеченистонда уни қанчалик ёқтиришларини кўриб ҳайрон қолди"
Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Kadirov JCh-2018da ishtirok etish uchun kelgan va aynan Grozni shahridan qo‘nim topgan Misr terma jamoasining Rossiyadagi ilk kuni haqida misrlik futbol yulduzi Muhammad Salohning fikrlarini bayon etdi.

“Saloh Chechenistonda uni bu qadar yoqtirishlarini va hurmat qilishlarini ko‘rib hayratga tushdi. U bunday iliq va do‘stona qabul uchun barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Qolaversa, Misr elchisi Ixban Nasr va terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper Grozni shahrida ular uchun tashkil etilgan shart-sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirishdi”, - deydi Kadirov.

Eslatib o‘tamiz, Misr terma jamoasi mundialning “A” guruhida Rossiya, Urugvay hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi kurash olib borishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ramzan Kadirov: "Saloh Chechenistonda uni qanchalik yoqtirishlarini ko‘rib hayron qoldi"