08:02 / 13.06.2018
2 689

Anchelotti JCh-2018 favoriti va syupriz bo‘lishi mumkin bo‘lgan jamoalarni sanab o‘tdi

Anchelotti JCh-2018 favoriti va syupriz bo‘lishi mumkin bo‘lgan jamoalarni sanab o‘tdi
«Napoli» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kutilayotgan JCh-2018 oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi musobaqaning asosiy favoriti va shu bilan birga Xorvatiya va Belgiya termalaridan ko‘p narsa kutishini aytib o‘tdi.

«O‘ylaymanki, Braziliya terma jamoasi mundialning favoriti hisoblanadi, chunki ularning ustozi Tite juda ham kuchli himoya chizig‘ini qurdi va ajoyib hujum chizig‘iga ega. Qoidaga ko‘ra, JChlarining g‘olib bo‘lishi uchun albatta Argentina, Germaniya va Ispaniya jamoalari ham da’vogar bo‘lishadi. Ming afsuski, ushbu ro‘yxatda Italiya yo‘q.

Joriy mundialda syurpriz bo‘lishi mumkin bo‘lgan jamoalar haqida gapirsam, Belgiyani alohida ta’kidlagan bo‘lar edim. Ushbu termadan ko‘plab futbolchilar Angliya premer-ligasida to‘p suradi. Yana shu jumladan Xorvatiya termasini ham aytib o‘tish mumkin», - deydi Anchelotti.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anchelotti JCh-2018 favoriti va syupriz bo‘lishi mumkin bo‘lgan jamoalarni sanab o‘tdi