17:01 / 13.06.2018
4 033

Shavkat Mirziyoyev jahon chempionatining ochilish uchrashuvida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev jahon chempionatining ochilish uchrashuvida ishtirok etadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ertaga Moskvada o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish uchrashuvida ishtirok etadigan davlat rahbarlari nomi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Xabar» nashri yozmoqda.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning jurnalistlarga xabar berishicha, «Lujniki»ga 17 mamlakat rahbari, shu jumladan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham tashrif buyuradi.

Ochilish o‘yiniga keladigan davlat rahbarlari orasida, shuningdek, Qozog‘icton, Armaniston, Tojikiston prezidentlari ham bor.

Bundan tashqari, Abxaziya va Janubiy Osetiya kabi tan olinmagan mamlakat rahbarlari ham nufuzli musobaqa ochilishida ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shavkat Mirziyoyev jahon chempionatining ochilish uchrashuvida ishtirok etadi