13:26 / 14.06.2018
5 174

Olimlar Jahon chempionati g‘olibi kim bo‘lishini bashorat qilishdi…

Olimlar Jahon chempionati g‘olibi kim bo‘lishini bashorat qilishdi…
Germaniya va Belgiya olimlari futbol bo‘yicha jahon chempionati mutlaq g‘olibini halitdanoq bashorat qilishibdi. Ular matematik olimlar bo‘lib, murakkab formulalardan foydalangan holda maxsus tadqiqot tashkil etishdi.

Bundan tashqari, olimlar chempionat bilan bog‘liq 100 mingga yaqin variantlarni o‘rganib chiqishdi. Bu har bir mamlakat yalpi ishlab chiqarish darajasi, milliy terma jamoalar reytingi, aholisi, futbolchilarning o‘rtacha yoshi, o‘yinchilar soni va hokazolardan iborat bo‘ldi. Albatta, bu tadqiqot davomida 2002 yildan keyingi barcha jahon chempionatlari qayta tahlil etildi.

Natija shunday bo‘ldiki, 2018 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati g‘olibi sifatida Ispaniya termasi e’tirof etildi. Bu jamoaning chempionatdagi g‘alabasi uchun deyarli 18 foiz imkon borligi aniqlandi. Keyingi imkoniyatlar Germaniya, Braziliya termalariga nasib etdi. Faqat bu yerda Braziliya terma jamoasining mutlaq g‘alabasi uchun imkoniyat 12 foizga tengligi mutaxassislarni biroz o‘ylantirib qo‘ydi. Nima bo‘lganda ham bu omad. Xudo nasib qilgan jamoa albatta chempionat g‘olibligini qo‘lga kiritadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Olimlar Jahon chempionati g‘olibi kim bo‘lishini bashorat qilishdi…