20:02 / 14.06.2018
3 512

Misrlik futbolchilar sharafiga uyushtirilgan iftorlikda oshni o‘zbek oshpazlari tayyorlashdi

Misrlik futbolchilar sharafiga uyushtirilgan iftorlikda oshni o‘zbek oshpazlari tayyorlashdi
20 mingdan ortiq ro‘zador Ahmad hoji Qodirov jamg‘armasi tomonidan uyushtirilgan iftorlikda og‘iz ochishdi.

“Checheniston yuragi” masjidi yonidagi maydonda tuzalgan dasturxon atrofida Ingushetiya, Dog‘iston, Tatariston va Grozniydagi “Ahmad Arena” stadionida Misr futbol termasini mashg‘ulotlarini tomosha qilishga uzoq-yaqindan kelgan muhlislar jamul-jam bo‘lishdi, deb yozmoqda O‘MI Matbuot xizmati.

Iftorlikning asosiy taomi bo‘lgan oshni O‘zbekistondan maxsus chaqirtirilgan oshpazlar tayyorlab berishdi. Iftorlik bilan bir qatorda “Firdavs” tantanalar saroyida saraton va paralich xastaliklariga chalingan, tibbiy muassasalar hamshiralari va “Avtoyo‘lta’mir” ishchilari hamda mintaqadagi kam ta’minlangan oilalar uchun alohida dasturxon yozildi.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning ma’lum qilishicha, “Firdavs” saroyidan hech kim quruq qaytmagan. 48 ta oila yangi kvartiralar kaliti, qolganlar esa katta miqdordagi pul sohiblariga aylanishdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Misrlik futbolchilar sharafiga uyushtirilgan iftorlikda oshni o‘zbek oshpazlari tayyorlashdi