06:00 / 15.06.2018
3 423

Xuan Antonio Pitssi: "Sharmandali mag‘lubiyatni tezroq unutishimiz lozim"

Хуан Антонио Пицци: "Шармандали мағлубиятни тезроқ унутишимиз лозим"
Bundan biroz avval Moskvadagi “Lujniki” stadionida Rossiya hamda Saudiya Arabistoni (5:0) terma jamoalari o‘rtasida JCh-2018ning ilk uchrashuvi yakuniga yetdi. O‘yindan so‘ng saudiyaliklar bosh murabbiyi Xuan Antonio Pitssi bugungi yirik mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Mag‘lubiyatimiz sababi birinchi uchrashuv bo‘lgani uchunmi yoki mezbonlarga qarshi o‘ynaganimiz uchunmi buni bilmadim. Lekin raqiblarimiz bugun u qadar ko‘p kuch sarflashmadi. Endi biz ushbu sharmandali mag‘lubiyatni tezroq unutib, keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim”, - deydi chililik mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xuan Antonio Pitssi: "Sharmandali mag‘lubiyatni tezroq unutishimiz lozim"