00:09 / 16.06.2018
2 807

Mariya Zaxarova JCh-2018ga necha nafar muxlis tashrif buyurganini e’lon qildi

Mariya Zaxarova JCh-2018ga necha nafar muxlis tashrif buyurganini e’lon qildi
Rossiya tashqi ishlar departamenti ommaviy matbuot bilan ishlash bo‘yicha direktori Mariya Zaxarova JCh-2018 starti haqida gapirib o‘tdi.

«Ochilish marosimi haqiqatdan ham chiroyli va unutilmas bo‘ldi.

Final o‘yiniga qadar hali uzoq, lekin hozirdanoq Rossiya tashkil etgan musobaqani butun dunyo ommaviy axborot vositalari ushbu bayramning ko‘lami va sifatini ta’riflashmoqda.

Ushbu sport bayramiga 2 milliondan ortiq muxlislar tashrif buyurishdi.

Ko‘p sonli mehmonlar Moskva shahriga jamlanishgan va ular uchun barcha qulayliklarni ta’minlash uchun barcha tashkiliy ishlar amalga oshirildi», - deydi Zaxarova brifingda.

Faqatgina 15 iyun sanasida Rossiyaga 250 ming nafar muxlis kelgan, ulardan 125 mingi Moskva shahrida bo‘lib turibdi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mariya Zaxarova JCh-2018ga necha nafar muxlis tashrif buyurganini e’lon qildi