13:22 / 16.06.2018
3 655

Messi «Barselona» rahbarlaridan Salohni sotib olishni so‘radi

Messi «Barselona» rahbarlaridan Salohni sotib olishni so‘radi
«Barselona» klubining superyulduzi Lionel Messi klub rahbarlaridan «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohni sotib olishni so‘ragan.

Sir emaski, Messi «Barselona» klubiga ta’sir o‘tkaza oladigan shaxs, biroq Leoning ta’sir doirasi kiyim almashtirish xonasidan ham tashqariga chiqib ketganidan – kataloniya klubi rahbarlari u bilan transferlarni ham muhokama qilishadi.

The Sun nashriga ma’lum bo‘lishicha, Messi o‘z klubiga yangi hujumchi kerak ekanligini ma’lum qilgan. Chunki «Atletiko» futbolchisi Antuann Grizmanning transferi amalga oshmay qoldi, chunki fransuz Madridda qolishni qaror qilgan. Endi esa uning o‘rniga Messi jamoada Muhammad Salohni ko‘rishni istamoqda.

30 yoshli argentinalik futbolchi Muhammadning joriy mavsum ko‘rsatgan o‘yinidan ta’sirlangan. «Roma» klubidan ketganidan so‘ng misrlik futbolchi Premer-ligada to‘purar bo‘ldi va YeChL finaliga qadar yetib bordi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi «Barselona» rahbarlaridan Salohni sotib olishni so‘radi