Olimpiya o‘yinlari chempioni, bugungi kunda prof ringda faoliyatini davom ettirayotgan Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi jangini 14 iyul kuni AQShda o‘tkazadi. «Lakefront» arenasi mezbonlik qiladigan jang oqshomida hamyurtimiz amerikalik Kevin Jonsonga qarshi ringga ko‘tariladi.
Fazliddin hozirgacha professional boksda 4ta jang o‘tkazib ularning barchasida g‘alaba qozongan (2tasi nokaut bilan). Raqib ham o‘tkazgan barcha jangini o‘z foydasiga hal qila olgan. (5ta jang, 4tasi nokaut).
Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati bokschi bilan bog‘lanib, uning jangga tayyorgarlik jarayoni bilan qiziqdi.
«Jangga Kaliforniyada tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Murabbiyim Abror Tursunpo‘latov bilan ishlayapman. Oldinda bir oylik mashg‘ulotlar kutib turibdi.
Sparring janglarni boshlaganmiz. Mashg‘ulot janglari meksikalik va amerikalik bokschilarga qarshi o‘tkazilmoqda. Shuningdek, qozog‘istonlik raqib ham mashg‘ulotlarda men bilan birga ishlaydi. Mashg‘ulotlardagi raqiblarimning barchasi baland bo‘yli va asosan o‘ng qo‘lda jang qiladi. Kevin Jonsonning bundan oldingi janglarini o‘rganib chiqayapmiz. Uning nozik tomonlarini topishga ham ulgurdik. Tayyorgarlik jarayonida bu tomonlar ham inobatga olinadi.
Raqibning ko‘rsatkichi meni qo‘rqitayotgani yo‘q. Agar boksda qo‘rquv sezadigan bo‘lsang faoliyatingni yakunlab qo‘yganing yaxshiroq. Ringga o‘z kuchingga yuqori ishonch bilan chiqish lozim. Men doimo shu tarzda jangga chiqaman. Ortimda butun mamlakat turganini, meni qo‘llab-quvvatlayotganini bilaman. Bu menga yanada ko‘proq kuch bag‘ishlaydi», – dedi Fazliddin G‘oibnazarov.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!