18:56 / 18.06.2018
3 395

O‘zbekiston OTJ Turkiyada dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazdi

O‘zbekiston OTJ Turkiyada dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazdi
Shu yilning avgust-sentyabr oylarida Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun Turkiyaga yo‘l olgani haqida xabar berib o‘tgandik.

Terma jamoamiz vakillari Turkiyaning Kartepe shahriga yetib borib, u yerda dastlabki mashg‘ulotlarni o‘tkazishga ham ulgurishdi. Dastlabki mashg‘ulotlar parvozdan keyin futbolchilarning jismoniy jihatdan tiklanishiga qaratildi. Shuningdek, olimpiya terma jamoasi a’zolari to‘p bilan ishlash mashqlarini ham olib borishdi.

Rejaga ko‘ra ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 29 iyunga qadar davom etib, futbolchilarimiz yig‘in davomida bir qator nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi oldigaa Osiyo o‘yinlarida ijobiy natija ko‘rsatish bilan bir qatorda 2020 yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston OTJ Turkiyada dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazdi