07:27 / 19.06.2018
4 387

Bahodir Jalolov: Mening jangim hali qoldirilgani yo‘q!

Bahodir Jalolov: Mening jangim hali qoldirilgani yo‘q!
Boks bo‘yicha jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Bahodir Jalolov professional boksda ham o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli o‘tkazmoqda.

Bahodir joriy yilning 21 iyun kuni o‘zining professional ringdagi ikkinchi jangini o‘tkazishi kerak edi. Biroq ushbu jang biroz keyinroqqa qoldirilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu xabarga oydinlik kiritish maqsadida Sports.uz muxbiri Bahodir Jalolov bilan bog‘landi.

"Jang boshqa kunga qoldirilgani haqidagi xabarlarni o‘qidim. Biroq men yoki menejerim tomonidan jang qoldirilgani yoki boshqa kunga ko‘chirilgani haqida hech qanday aniq ma’lumot berilmagan! To‘g‘ri kichik muammolar bor. Jang taqdiri tez kunda aniq bo‘ladi. Nima bo‘lganda ham men ringga faqat g‘alaba uchun ko‘tarilaman va xalqimiz ishonchini oqlayman", - deydi Bahodir Jalolov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov: Mening jangim hali qoldirilgani yo‘q!