18:57 / 19.06.2018
5 276

Mourino Rossiya - Misr uchrashuvida qanday hisob bo‘lishini aytdi

Mourino Rossiya - Misr uchrashuvida qanday hisob bo‘lishini aytdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino Rossiya terma jamoasining Misrga qarshi bo‘lib o‘tadigan JCh-2018 guruh bosqichi 2-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
- "A" guruhidan Rossiya va Urugvay pley-offga chiqishini bashorat qilgan edingiz...
- Ular vazifani deyarli uddalashdi. Rossiyaga Misr bilan durang bo‘lsa bas. O‘yin 2:2 hisobida yakunlansa kerak.

- Siz jahon chempionatida 5 kun ishladingiz. Taassurotlar qanday?

- Moskvada atmosfera ajoyib, turli mamlakatlardan minglab insonlar kelgan, havo ajoyib. RT (Russia Today) studiyasi - eng yaxshilaridan biri.
Bu men uchun ajoyib tajriba. Biroq endi dam olib, o‘z ishlarim bilan shug‘ullanishim kerak. Biroq yarim final va final uchun RTga qaytaman - deydi murabbiy.

Rossiya - Misr uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino Rossiya - Misr uchrashuvida qanday hisob bo‘lishini aytdi