19:27 / 19.06.2018
4 608

"Paxtakor" ilk yozgi xaridni amalga oshirdi: Tarkibga legioner qo‘shildi

"Пахтакор" илк ёзги харидни амалга оширди: Таркибга легионер қўшилди
"Nasaf" bilan xayrlashgan serbiyalik hujumchi Dragan Cheran "Paxtakor" bilan kelishuvga erishdi.
O‘tgan mavsumlarda "Nasaf"dagi yorqin o‘yinlari bilan ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan Dragan Cheran faoliyatini "Paxtakor"da davom ettiradigan bo‘ldi. Tomonlar uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng nihoyat kelishuvga erishishgan. Bu haqda saytimiz xodimi Shahboz Beg‘amov ma’lum qildi.

Dragan Cheran ham endi sobiq jamoadoshlari hamda do‘stlari Suyunov, A’zamov, Shorahmedov, Sayfiyev, Rahmatullayev va Abduraximovdan keyin "sherlar" libosini kiyadigan bo‘ldi. Cheran aynan shu futbolchilar bilan "Nasaf"da birga o‘ynagan. Abduraximov va Cheran tandemi endi "Paxtakor"da ishlashi kutilmoqda.

Dragan Cheran "Paxtakor" safiga "sherlar"ning Turkiyadagi yig‘ini chog‘ida borib qo‘shilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" ilk yozgi xaridni amalga oshirdi: Tarkibga legioner qo‘shildi