07:30 / 20.06.2018
2 785

Rossiya Misrni ishonchli hisobda yengdi va pley-off masalasini hal qildi (video)

Rossiya Misrni ishonchli hisobda yengdi va pley-off masalasini hal qildi (video)
Biroz avval Sankt-Peterburgdagi markaziy stadionda Rossiya va Misr terma jamoalari jahon chempionatining 2-tur uchrashuvlarini boshlab berishdi.

Bahsning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi, lekin ikkinki 45 daqiqalik gollar shousiga aylanib ketdi. Dastlab misrliklar sardori o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Shundan keyin qisqa fursat ichida Denis Cherishev hamda Artyom Dzyuba ham bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi. Bu gollarga raqib yetakchisi Muhammad Salah 1 gol bilan javob bera oldi xolos. Shu tariqa Rossiya terma jamoasi nimchorak final masalasini deyarli ijobiy hal qildi.

Rossiya – Misr 3:1

Gollar:
1:0 – 47, avtogol Fatxi, 2:0 – 59 Cherishev, 3:0 – 62 Dzyuba, 3:1 – 73, penalti Salax.

Rossiya:
Akinfeyev, Fernandes, Kutepov, Ignashevich, Jirkov (Kudryashev), Gazinskiy, Zobnin, Samedov, Golovin, Cherishev (Kuzyayev), Dzyuba (Smolov).

Misr: El-Shenavi, Fatxi, Gabr, Xegazi, Abdel-Shafi, El-Nenni (Uarda), Xamed, Salax, El-Said, Trezege (Sobhi), Muxsin (Qahraba).

Ushbu uchrashuvda urilgan gollarni va uchrashuvda yuzaga kelgan eng qiziqarli lavhalarni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiya Misrni ishonchli hisobda yengdi va pley-off masalasini hal qildi (video)