17:30 / 22.06.2018
3 154

13 yoshli hamyurtimiz grossmeysterlikning birinchi talabini bajardi

13 yoshli hamyurtimiz grossmeysterlikning birinchi talabini bajardi
O‘zbekistonlik 13 yoshli xalqaro FIDE ustasi Javohir Sindarov grossmeysterlikning birinchi talabini bajardi, deb yozmoqda Olamsport nashri.

Hamyurtimiz Rossiyaning Voronej shahrida o‘tgan Alyoxin xotirasiga bag‘ishlangan shaxmat festivalining asosiy turniri - “Voronej-2018”da 6,5 ochko bilan sovrinli 5-o‘rinni egallagandi. Ushbu musobaqada 11 davlatdan 131 nafar shaxmatchi ishtirok etgan edi.

To‘qqiz tur yakunlariga ko‘ra 4 nafar grossmeyster 7tadan ochko jamg‘argan va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra Dmitriy Kokaryov (2603, Rossiya) musobaqa g‘olibiga aylangandi.

Sindarov (2449) chempiondan yarim ochkogina kam jamg‘arib, sovrinli 5-o‘rinni egalladi. Poytaxtlik yosh shaxmatchi 9ta partiyadan 5tasida g‘alabaga erishdi. Javohirdan yengilganlar orasida xalqaro grossmeysterlar - Pavel Ponkratov (Rossiya, 2622), Aleksey Pridorojniy (Rossiya, 2589), xalqaro master Ilya Ilyushenko (2530, Rossiya) bor.

Sindarov xalqaro grossmeysterlar - Pavel Potapov (2491, Rossiya), Ivan Popov (2608, Rossiya) hamda xalqaro turnir g‘olibi Dmitriy Kokaryov (2603, Rossiya) bilan durang o‘ynadi. Aynan shu natijasi tufayli Javohir Sindarov grossmeysterlikning birinchi talabini bajardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 13 yoshli hamyurtimiz grossmeysterlikning birinchi talabini bajardi