08:30 / 23.06.2018
4 368

JCh 2022 mezbonligini Qatarga berilishi FIFAning eng qo‘pol xatosi

JCh 2022 mezbonligini Qatarga berilishi FIFAning eng qo‘pol xatosi
Eurosport saytida Vladislav Prusovning FIFA tomonidan futbol bo‘yicha 2022 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish huquqi Qatarga berilganiga oid maqolasi chop etildi.

Uning aytishicha, JCh 2022 mezbonligini Qatarga berilishi FIFAning so‘nggi yillardagi eng yomon qaroridir.

Muallifning yozishicha, Yaqin Sharq mamlakatlarida millionlar o‘yinini rivojlantirish sog‘lom fikr, biroq u futbol evolyutsiyasiga tayyor ham bo‘lishi kerak-da.

Mutaxassis fikricha, Qatar juda bo‘lmaganda o‘zi duchor bo‘lgan yo‘qotishlari bilan allaqachon bu borada muvaffaqiyatsizlikka uchradi, vaholanki bu shuncha qurbon berishga arzimasdi.

Maqolaga ko‘ra, JCh-2022ni qabul qiladigan mezbon nomi ma’lum bo‘lgach, Katar stadion qurish uchun mutaxassislar qidira boshladi. Bo‘sh ish o‘rinlari turlicha edi: arxitektordan tortib muhandis va logistlargacha.

Kelganlarga yashash uchun qulay sharoitlar, katta miqdorda pullar va yuqori lavozimlar taklif etildi. Biroq amalda barcha ishchilardan pasportlari olib qo‘yildi, oylik ish haqlari kesildi va ularga boshpana berilmadi. Faqat ish vaqti qancha davom etishi haqida yolg‘on gapirilmagan edi.


Ishga qabul qilinganlarga faqat kaska berildi. Shundan so‘ng ular qurilish maydoniga borishdi, qanday kelgan bo‘lsa, shunday mehnat qilishdi, keyin muammolarini ham o‘zlari yecha boshlashdi. Oqibatda odamlar baraklarga joylashdi va kun bo‘yi hayotiga jiddiy xavf tug‘diradigan sharoitlarda ter to‘kishdi.

Statistika shuni ko‘rsatyaptiki, Qatarda stadionlarni qurish davomida 1200dan ortiq odam halok bo‘lgan. Bu haqida ishchilarning asosiy qismi kelgan Hindiston va Nepal sukut saqlayotir. Bunday fojiaga asosiy sabab esa xavfsizlik darajasining nihoyatda past ekanligi va sifatsiz asbob-uskunalardir.

“Jazirama issiqda dam olishsiz ishlash. Natijada ko‘pchilikda surunkali charchoq kuzatilyapti, kimdir oftob urushidan majolsiz yiqilmoqda. Barcha shikoyatlarni Qatar hukumati e’tibordan chetda qoldirib, halok bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlarga ko‘z yumilmoqda”, deyiladi maqolada.


Sir emas, Qatar nihoyatda issiq o‘lka, shuning uchun turnir 21 noyabrdan 18 dekabrga qadar o‘tkaziladi. Bu esa Yevropa futboli grafigi uchun ko‘plab noqulayliklar keltirib chiqaradi. Klublarni ko‘ndirish uchun esa Qatar FIFAga bir milliard dollar miqdorida kompensatsiya taklif qildi.

Prusovning ta’kidlashicha, FIFAda vaziyatni to‘g‘rilab, 2022 yilgi mundial mezbonligini o‘zining tayyor ekanligini bir necha bor bildirgan Yaponiyaga olib berish imkoniyati bor.

“Yaponiyada jahon chempionati talablariga javob beradigan yetarli darajadagi stadionlar bor. Agar FIFA muqobilini izlaydigan bo‘lsa, biz hamisha yordam berishga tayyormiz”, deya bu boradagi fikrini bildirib o‘tdi 2002 yilda Janubiy Koreya bilan birgalikda dunyo birinchiligini qabul qilgan Kunchiqar yurt vakillari.


JCh 2022ga ariza berish chog‘ida yaponlar Universal Fan Fest loyihasini ishlab chiqishga va’da berishgandi. Ya’ni o‘yinlarni golografik 3D-tasvirida namoyish etish. Buning uchun har bir matchga 360 darajani qamrab oladigan 200 ta kamera qo‘yilgan bo‘lar edi. Bunda olingan tasvir dunyoning boshqa yirik o‘yingohlariga translyatsiya qilinadi va u yerda maxsus qurilma orqali maydonda gologramma hosil qilinadi. Shunday qilib futbol ishqiboziga bahslarni bevosita mezbon davlat stadionida o‘tirib jonli tarzda tomosha qilgandek ko‘rish imkoniyati yaratib berilardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh 2022 mezbonligini Qatarga berilishi FIFAning eng qo‘pol xatosi