09:02 / 23.06.2018
3 526

Pepsi Superliga: Endi qarzi bor klublar yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi

Pepsi Superliga: Endi qarzi bor klublar yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi
O‘zbekiston professional futbol ligasining talabiga binoan qarzdor klublar yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi, bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda joriy yilning 18 iyun sanasidan yozgi transfer oynasi rasman ochilgan. Odatga ko‘ra bir qator klublarda katta o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Qayd etilishicha,shundan kelib chiqib, muayyan jamoani tark etayotgan, ammo klubda puli qolib ketayotgan futbolchilar PFLga murojaat qilib, o‘z muammolarini hal etib olishlari mumkin.

PFL esa klub bilan xayrlashayotgan futbolchilar haqidagi hisobotni jamoalardan talab qilib oladi. O‘z o‘rnida qarzdor klublarga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pepsi Superliga: Endi qarzi bor klublar yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi