JCh-2018 musobaqasi "Ye" guruhi 2-tur uchrashuvidan o‘rin olgan Serbiya hamda Shveysariya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi. «Kaliningrad» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Shveysariyaning qo‘li baland keldi.
Uchrashuv keskin kurashlar ostida boshlandi va bo‘lim debyuti serblar uchun omadli keldi. 5-daqiqada Dushan Tadich o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga uzatdi, u yerda Aleksandr Mitrovich boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi. Goldan so‘ng ham kichik ustunlik Serbiya vakillarida bo‘ldi.
Shuningdek, ikkinchi bo‘lim ham serbiyaliklarning hujumlari bilan boshlangandi, ammo gol urish shvetsarlarga nasib qildi. 52-daqiqada Granit Jaka himoyachilarga tegib qaytgan to‘pga jarima maydoni tashqarisidan to‘xtatmasdan zarba berib, muvozanatni tikladi.
Uchrashuv so‘nggida Shveysariya qarshi hujumdan unumli foydalandi: darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan Jerdan Shakiri jamoasiga g‘alaba olib kelgan gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa, Shveysariya o‘z ochkolarini 4taga yetkazib oldi va Braziliya bilan bir xil ochko to‘plagan holda guruh peshqadami bo‘lib turibdi. Serbiyada esa uch ochko bor va ular so‘nggi turda Braziliyaga qarshi o‘yin o‘tkazadilar. Shveysariya esa Kosta-Rika bilan o‘ynaydi.
JCh-2018
"Ye" guruhi
Serbiya – Shveysariya 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 5 Mitrovich, 1:1 – 52 Djaka, 1:2 – 90 Shakiri.
Serbiya – Stoykovich, Milenkovich, Kolarov, Ivanovich, Toshich, Milivoyevich (Radonich, 81), Matich, Milinkovich-Savich, Tadich, Kostich (Lyayich, 65), Mitrovich.
Shveysariya – Zommer, Sher, Rodriges, Lixtshtayner, Akandji, Bexrami, Djaka, Djemaili (Embolo, 73), Shakiri, Suber (Drmich, 90), Seferovich (Gavranovich, 46).
Ogohlantirishlar: Milinkovich-Savich (33), Milivoyevich (39), Matich (45), Mitrovich (87), Shakiri (90).
Manba: www.uff.uz
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi