14:56 / 23.06.2018
3 909

JCh-2018: Bugun bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar bilan tanishing

JCh-2018: Bugun bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar bilan tanishing
Rossiyada davom etayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Bugun musobaqaning 10-kungi bellashuvlari qatoridan uchta o‘yin o‘rin olgan.

Dastlab bugungi bahslarni “G” guruhi vakillari boshlab berishadi. Turnirni ko‘tarinki ruhda boshlagan Belgiya terma jamoasi Tunis bilan kuch sinashadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:00da start oladi.

Birinchi turdan so‘ng belgiyaliklar 3 ochko bilan guruhda yetakchilik qilishmoqda. Guruhdagi ikkinchi tur ikkinchi o‘yini ertaga Angliya va Panama termalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Kunning qolgan ikkita uchrashuvida esa “F” guruhi vakillari ishtirok etadi. Ilk turda amaldagi jahon chempioni Germaniya sensatsion tarzda mag‘lub qilgan Meksika termasi bu safar Janubiy Koreya termasini sinovdan o‘tkazadi. O‘yin soat 20:00da start oladi.

Guruhning ikkinchi bahsida Yoaxim Lyov boshchiligidagi Germaniya termasi Shvetsiya bilan kuch sinashadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.

Birinchi turdan so‘ng Meksika va Shvetsiya termalari hisobida 3 tadan ochko mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2018: Bugun bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar bilan tanishing