19:30 / 24.06.2018
4 563

Hasanboy Do‘smatovni tabriklaymiz!

Hasanboy Do‘smatovni tabriklaymiz!
Bugun 24 iyun va ushbu sanada bir qator sport yulduzlari o‘z tavallud ayyomini nishonlashmoqda. Jumladan, taniqli bokschimiz Hasanboy Do‘smatov ham.

25 yoshini qarshi olayotgan qahramonimiz 1993 yil 24 iyun kuni Andijon viloyati Buloqboshi tumanida tavallud topgan. Boks bo‘yicha 2016 yil Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritgan va ushbu musobaqa eng yaxshi texnika egasiga topshiriluvchi Vel Barker sovrini egas ham sanaladi. Jahon chempionatining ko‘p karra sovrindori.

Saytimiz ushbu sportchimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va uzoq umr tilab qoladi. Kelgusidagi faoliyatida yanada katta marralarni zabt etib qolishiga tilakdoshmiz. Eslatib o‘tamiz, bugun argentinalik mashhur futbolchi Lionel Messi ham tavallud ayyomini nishonlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hasanboy Do‘smatovni tabriklaymiz!