06:30 / 25.06.2018
3 175

Olsen: "Ha, men yig‘ladim. So‘nggi soniyalarda gol o‘tkazib yuborish alamli"

Ольсен: "Ҳа, мен йиғладим. Сўнгги сонияларда гол ўтказиб юбориш аламли"
Shvetsiya terma jamoasi darvozaboni Robin Olsen JCh-2018 guruh bosqchi 2-turidan o‘rin olgan Germaniyaga qarshi o‘yindan (1:2) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«G‘alaba qozona olishimizga ishongandik. Maydonda teng kurash kechayotgandek edi, hatto raqib bizning jarima maydon atrofida yurgan bo‘lsada.

Ha, men yig‘ladim. Bu faoliyatimdagi eng shafqatsiz o‘yin bo‘ldi, haqiqiy jang. So‘nggi soniyalarda mag‘lub bo‘lish – bu juda alamli.

Biz tiklanib olamiz, bu qiyin, ammo o‘z imkoniyatlarimizni yaxshi bilamiz. Siz jangga tayyor jamoani ko‘rasiz, Meksikaga qarshi boshqacha o‘yin bo‘ladi. Ishonchim komil, bizning omadimiz kuladi», – deydi Olsen.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Olsen: "Ha, men yig‘ladim. So‘nggi soniyalarda gol o‘tkazib yuborish alamli"