14:44 / 25.06.2018
4 859

Jasur Hasanov «So‘g‘diyona»dan juda katta maosh talab qilgan

Jasur Hasanov «So‘g‘diyona»dan juda katta maosh talab qilgan
Mavsumning birinchi yarimni "Nasaf"da o‘tkazgan tajribali yarim himoyachi Jasur Hasanov transfer mavsumi vaqtida "So‘g‘diyona"ga o‘tishi kutilayotgan edi. Ammo bu transfer amalga oshmay qoldi.

"So‘g‘diyona" murabbiylar shtabi Hasanovni klubda kutishgan. Ammo muzokaralar samarasiz yakunlandi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda yarim himoyachi klubdan 300 million so‘m oylik maosh talab qilgan.
Boz ustiga "So‘g‘diyona" klubi Jasur Hasanovga juda katta miqdorda ko‘tarma va mukofot puli to‘lashi lozim bo‘lgan. Biroq klub buncha mablag‘ni to‘lashga tayyor emasligini bildirib, Jasur Hasanov bilan shartnoma imzolashdan voz kechdi.

O‘tgan hafta Jasur Hasanov AGMK klubi bilan shartnoma imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, "So‘g‘diyona"dan 8 nafar futbolchi ketishi kutilmoqda. Sergey Lushchan ketganlar o‘rnini legioner futbolchilar orqali qoplashni maqsad qilgani aytilmoqda.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jasur Hasanov «So‘g‘diyona»dan juda katta maosh talab qilgan