17:05 / 25.06.2018
3 937

Joze Mourino Urugvay – Rossiya o‘yini haqida fikr bildirib o‘tdi

Joze Mourino Urugvay – Rossiya o‘yini haqida fikr bildirib o‘tdi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino Rossiyadagi JCh-2018da RT telekanalida ekspert bo‘lib faoliyat yuritmoqda. Mutaxassis Rossiya va Urugvay o‘rtasidagi bahsga o‘z fikrini bildirib o‘tdi. O‘yin bugun Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi. 3-turda bir guruhdan joy olgan jamoalar o‘yinni bir vaqtda boshlashadi.

«Kurash yuqori darajada bo‘lishi mumkin. Mezbonlar tomonida muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi bo‘ladi, lekin urugvayliklar texnik, tez, chiroyli va ehtirosli o‘yin ko‘rsatishi ham mumkin. Uchrashuv juda qiziqarli bo‘lishi mumkin», - deydi Mourino.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourino Urugvay – Rossiya o‘yini haqida fikr bildirib o‘tdi