17:24 / 25.06.2018
3 453

O‘FA Ijroqo‘mi Vadim Abramov futbolga qaytishi uchun ruxsat berdi

O‘FA Ijroqo‘mi Vadim Abramov futbolga qaytishi uchun ruxsat berdi
So‘nggi bor Farg‘onaning “Neftchi” klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan o‘zbekistonlik mutaxassis Vadim Abramov professional faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Vadim Abramov bu borada O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga murojaat bilan chiqqandi. Tashkilot Ijroqo‘mi uning arizasini o‘rganib chiqdi hamda Vadim Abramovga murabbiylik faoliyatini davom ettirish uchun ruxsat berdi.

Mazkur mutaxassis mamlakat futboli uchun salmoqli mehnat qilgan. U erishgan natijalar hurmatga loyiq. Shu bilan birgalikda Vadim Abramov ham futbolchilar, murabbiylar va mutaxassislarni hurmat qilishi lozim.

Murabbiylar, klublar rahbarlari bitta jihatni to‘g‘ri tushunib olishi kerak. Bundan buyon futbol bedarvoza bo‘lmaydi. Har bir ish, har bir hatti-harakatning javobi bo‘lmog‘i lozim. Hozirda ham buni anglab yetmayotgan va o‘z holicha ish olib borayotgan kishilar oramizda bo‘lishi mumkin. Kimdir futbolga gard yuqtirmoqchi bo‘lsa, unga oramizda joy yo‘q. O‘z ishini bilib, professional tarzda ado etish istagida bo‘lgan, o‘z ustida ishlashdan to‘xtamaydigan kadrlar uchun esa barcha eshiklar ochiq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FA Ijroqo‘mi Vadim Abramov futbolga qaytishi uchun ruxsat berdi