20:56 / 26.06.2018
5 592

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahon chempioni bo‘lishdi

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahon chempioni bo‘lishdi
Joriy yilning 21-25 iyun kunlari Belarusning Minsk shahrida 8, 10 va 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Musobaqada jahonning 27 mamlakatidan tashrif buyurgan 780 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ular orasida 15 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchilar ham bo‘lib, ularga xalqaro shaxmat ustasi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bosh kotibi Sevara Boymurodova murabbiylik qildi.

O‘zbekistonlik shaxmatchilardan Xumoyun Begmurodov (8 yosh) va Umid Omonov (12 yosh)lar ikkitadan oltin, Afro‘za Hamdamova (10 yosh) esa bitta oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, Ruqiya Olimova (8 yosh), Shahrombek Karimov (10 yosh) hamda Olmos Rahmatullayevlar (12 yosh) bittadan kumush medal sohibi bo‘lishdi.

Yakuniy hisobda O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin va 4 ta kumush medal bilan faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni 2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza bilan Rossiya terma jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin ukrainalik shaxmatchilarga nasib qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahon chempioni bo‘lishdi