23:23 / 26.06.2018
2 817

JCh—2018. Fransiya Daniya bilan durang o‘ynab guruhda 1-o‘rinni oldi

JCh—2018. Fransiya Daniya bilan durang o‘ynab guruhda 1-o‘rinni oldi
Hozirgina futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionatining «C» guruhida 3-tur o‘yinlari yakunlandi.

Guruh g‘olibligi uchun Daniya hamda Fransiya terma jamoalari o‘zaro kurash olib bordi. Bellashuv tomonlarning golsiz durangi bilan yakunlandi. Natijada Fransiya «C» guruhida 7 ochko bilan birinchi o‘rinni, Daniya esa 5 ochko bilan ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
«C» guruhidagi yakuniy jadval:

Bugun «D» guruhi uchrashuvlaridan keyin Fransiya o‘z raqibini bilib oladi. Daniyaning nimchorak finaldagi raqibi esa deyarli aniq — Xorvatiya.

Jahon Chempionati
«C» guruhi, 3-tur bellashuvlari


26 iyun, seshanba
Daniya—Fransiya 0:0

Daniya:
Shmeyxel, Kristensen, Ker, Larsen, Yorgensen, Eriksen, Dileyni, Sisto (Fisher, 60), Dalsgor, Breytueyt, Kornelius (Dolberg, 75).

Fransiya: Mandanda, Varan, Sidibe, Lyuka Ernandes (Mendi, 50), Kimpembe, Nzonzi, Kante, Lemar, Dembele (Mbappe, 78), Grizmann (Fekir, 68), Jiru.

Ogohlantirish: Yorgensen (45).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh—2018. Fransiya Daniya bilan durang o‘ynab guruhda 1-o‘rinni oldi