13:18 / 27.06.2018
2 986

JCh-2018. Germaniya guruhda nechanchi bo‘ladi? Meksika qolib ketishi mumkinmi?

JCh-2018. Germaniya guruhda nechanchi bo‘ladi? Meksika qolib ketishi mumkinmi?
Foto: «fifa.com»
Jahon chempionati doirasida bugun «F» va «E» guruhida yakunlovchi 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. E’tiboringizga «F» guruhi bahslari anonsini taqdim qilamiz.

«F» guruhi. Janubiy Koreya – Germaniya

Germaniya guruhdan chiqishi uchun g‘alaba qozonishi kerak. G‘alaba qozonganida ham imkon qadar yirikroq hisobni qayd etishi lozim. Shunda amaldagi jahon chempionlari narigi juftlik natijasiga qarab qolmaydi. Agar ikkinchi juftlikda Shvetsiya Meksikani yutib bersa, Germaniyada guruhda birinchi o‘ringa ko‘tarilish imkoni ham paydo bo‘ladi.

Ammo Janubiy Koreya ham osonlikcha taslim bo‘lmaydi, axir ularda ham minimal bo‘lsa-da, pley-offga chiqish imkoniyati saqlanib turibdi.

Germaniya bosh murabbiyi Yoaxim Lyov bu uchrashuvda diskvalifikatsiya olgan Jerom Boateng xizmatidan foydalana olmaydi. Shuningdek jarohati sabab Sebastyan Rudi ham maydonga tusha olmasligi mumkin.

Taxminiy tarkiblar

Janubiy Koreya:
Cho Xyon U — Li Yon, Chan Xyon Su, Kim Yen Gvon, Kim Min U— Mun Son Min, Chu Se Djon, Ki Son Yen, Xvan Xi Chxan — Li Dje Son, Son Xin Min.

Germaniya:
Noyer – Kimmix, Xummels, Ryudiger, Gektor – Gyundogan, Kroos – Myuller, Roys, Verner – Gomes.

Qiziqarli faktlar
  • Jamoalar JChda ikki bor to‘qnash kelgan va Germaniya har ikkisida ham (1994 va 2002 yillar) g‘alaba qozongan.
  • Janubiy Koreya o‘z uyida o‘tgan JChda (2002 yili) yarim finalgacha yetib borgan va aynan nemislar tomonidan to‘xtatilgan.
  • Germaniya JChda Osiya jamoalari bilan 5 bor to‘qnash kelib, barchasida g‘alaba qozongan.

«F» guruhi. Meksika – Shvetsiya

Meksika ushbu mundialda ajoyib natija qayd etmoqda. Meksikaliklarning Germaniyani mag‘lub etishini kimam kutgan deysiz. So‘ng Janubiy Koreya mag‘lub etildi va hozircha 100 foizlik natija bilan 6 ochko qo‘lga kiritilgan. Shu holatida ham Meksika guruh bosqichida qolib ketishi mumkin! Agar bugun Shvetsiya va Germaniya g‘alaba qozonsa, uchala jamoada ham 6 ochkodan yig‘iladi va urilgan gollar hisob-kitob qilinadi. Bu esa Meksika foydasiga bo‘lmasligi mumkin.

Demak, bu guruhda to‘rtala jamoada ham imkoniyat saqlanib qolgan va bu uchrashuvlar qizg‘in o‘tishini ta’minlaydi.

Taxminiy tarkiblar


Meksika: Ochoa – Alvares, Salsedo, Moreno, Galyardo – Errera, Guardado – Layyun, Vela, Losano – Chicharito.

Shvetsiya: Olsen – Lyustig, Lindelef, Grankvist, Augustinsson – Klasson, Larsson, Ekdal, Forsberg – Toyvonen, Berg.

Qiziqarli faktlar
  • Meksika va Shvetsiya o‘zaro 9 marotaba uchrashishgan, shundan faqat bir marta JCh doirasida o‘yin o‘tkazilgan unda (1958 yili) shvedlar ustun kelishgan – 3:0.
  • O‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvlarining so‘nggi beshtasidan faqat bittasida Meksika shvedlarga mag‘lub bo‘lgan.
  • Meksika JCh tarixida hali biror marta ketma-ket uch marta g‘alaba qozonmagan. Bugun bu ishni uddalay olsa, ketma-ket uch g‘alabaga erishgan KONKAKAFning birinchi jamoasiga aylanadi.

Uchrashuvlar vaqti

19:00 Janubiy Koreya – Germaniya
19:00 Meksika – Shvetsiya

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2018. Germaniya guruhda nechanchi bo‘ladi? Meksika qolib ketishi mumkinmi?