17:56 / 27.06.2018
3 732

JCH—2018. Janubiy Koreya—Germaniya, Meksika—Shvetsiya, Serbiya—Braziliya (foto)

JCH—2018. Janubiy Koreya—Germaniya, Meksika—Shvetsiya, Serbiya—Braziliya (foto)
Bugun, 27 iyun sanasida futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionati “E” hamda “F” guruhlarida 3-tur o‘yinlariga yakun yasaladi.

Kunning dastlabki ikki uchrashuvi “F” guruhi jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Unga ko‘ra Meksika terma jamoasi Shvetsiya bilan bellashsa, Janubiy Koreya esa guruhdan chiqish uchun Germaniya bilan kurash olib boradi.

Ikkala uchrashuv hamda Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

Skrinshot: FIFA
Ayni damda Meksika 6 ochko bilan guruhda peshqadam bo‘lib turibdi. Germaniya hamda Shvetsiyada 3 ochkodan bo‘lsa, Janubiy Koreyada ochko yo‘q. Shunday bo‘lsa-da koreyslar nazariy jihatdan hali ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyatiga ega.

“E” guruhi jamoalari esa 3-tur o‘yinlarini tungi 23:00 da boshlaydi.

Serbiya guruhdan chiqish uchun Braziliya bilan kurash olib borsa, Shveysariya esa muddatidan avval pley-offdan umidini uzgan Kosta-Rikaga qarshi maydonga tushadi.

Ayni damda guruhda Braziliya va Shveysariya 4 tadan ochko jamg‘argan bo‘lsa, Serbiya termasida bu ko‘rsatkich 3 tani tashkil etmoqda. Kosta-Rikada esa umuman ochko mavjud emas.

Skrinshot: FIFA
Ma’lumot uchun agarda jamoalar ochkolari bir xil bo‘lib qolsa, unda reglament bo‘yicha avvalo to‘plar nisbati, shunda ham tenglik bo‘lsa, unda qaysi jamoa ko‘proq gol urganiga e’tibor qaratiladi. Bu borada ham teng natija qayd etilsa, unda o‘zaro o‘yinlar inobatga olinadi. Agarda shunda ham ko‘rsatkichlar teng bo‘ladigan bo‘lsa, unda eng kam ogohlantirish olgan jamoa jadvalda yuqori o‘ringa ko‘tariladi. Barcha ko‘rsatkichlar teng keladigan bo‘lsa, unda FIFA “ko‘r qur’a” orqali g‘olibni aniqlab beradi.

Jahon Chempionati

“F” guruhi, 3-tur bellashuvlari

27 iyun, chorshanba

Janubiy Koreya—Germaniya 19:00
Meksika—Shvetsiya 19:00

“E” guruhi, 3-tur bellashuvlari
27 iyun, chorshanba

Serbiya—Braziliya 23:00
Shveysariya—Kosta-Rika 23:00

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH—2018. Janubiy Koreya—Germaniya, Meksika—Shvetsiya, Serbiya—Braziliya (foto)