21:14 / 27.06.2018
3 712

Sensatsiya! Janubiy Koreya amaldagi chempionni mag‘lubiyatga uchratdi (foto, video)

Sensatsiya! Janubiy Koreya amaldagi chempionni mag‘lubiyatga uchratdi (foto, video)
JCH-2018 sensatsiyalarga boy bo‘lmoqda. Germaniya terma jamoasi guruh bosqichining so‘nggi turida Janubiy Koreya bilan to‘qnash keldi kutilmaganda alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Nemislar uchrashuvni jadal boshlashdi, biroq Koreya himoyachilari yaxshi himoyalanib xatoga yo‘l qo‘ymadi. Shvedlar bilan bo‘lgan o‘yin kabi Germaniyada yakuniy zarba beradigan futbolchi yo‘q yoki darvozabon to‘pni qaytaradi.

Janubiy Koreya birinchi golni burchak to‘pidan so‘ng kiritdi. O‘sha vaziyatda bosh hakam golni inobatga olishda ikkilandi va videotakrorlarga murojaat qildi, hatto o‘zi borib ko‘rishga ham majbur bo‘ldi.

Ikkinchi gol esa Manuel Noyerni xatosi tufayli yuzaga keldi. Hujum qilishga o‘tib ketgan darvozabon qarshi hujum o‘tkazib yubordi va Son bo‘sh darvozaga to‘p kiritib alamli mag‘lubiyatni ta’minladi.

Shu tariqa, Germaniya terma jamoasi guruhda 3 ochko jamg‘arib Rossiyadagi mundialni Janubiy Koreya kabi tark etdi. Ushbu uchrashuvning qisqacha tafsilotlari va kiritilgan gollarni quyidagi HAVOLA orqali tomosha qilishingiz mumkin.

JCH-2018
“F” guruhi, 3-tur


“Qozon Arena”

Janubiy Koreya - Germaniya 2:0

Bosh hakam: Mark Geyger
Gollar: K.Yong Gvon 90+3, S.Xyon Min 90+7

Janubiy Koreya: 23.Cho Xyun-Vu, 2.Li Yong, 5.Yung Yong-Sun, 14.Xong Chul, 19.Kim Yong-Gvon, 20.Jang Xyun-Su, 13.Ku Ja Chol (11.Hi-Chan Xvang, 56, (22.Go Yo Xan, 79), 15.Jung Vo-Yung, 17.Li Jaye-Sung, 18.Mun Seun-Min (8.Si Jong Ju, 69), 7.Son Xen Min.

Germaniya: 1.Manuel Noyer, 3.Yonas Xektor (20.Yulian Brandt, 78), 5.Mats Xummels, 15.Nikolas Zyule, 18.Joshua Kimmix, 6.Sami Xedira (23.Mario Gomez, 58), 8.Toni Kroos, 10.Mesut O‘zil, 14.Leon Goreska (13.Tomas Myuller, 63), 9. imo Verner, 11.Marko Roys.

Ogohlantirishlar: J.Vo-Yung 9, L.Jaye-Sung 23, M.Seun-Min 48, S.Xyon Min 65.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sensatsiya! Janubiy Koreya amaldagi chempionni mag‘lubiyatga uchratdi (foto, video)