21:22 / 27.06.2018
3 534

Shvetsiya so‘nggi turda Meksikani yirik hisobda yengdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi (foto)

Shvetsiya so‘nggi turda Meksikani yirik hisobda yengdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi (foto)
JCH-2018 musobaqasi “F” guruhi 3-tur uchrashuvidan o‘rin olgan Meksika hamda Shvetsiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. “Yekaterinburg Arena”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda Yevropa vakillarining yirik g‘alabasi bilan tugadi.

Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tdi. Ikkinchi bo‘lim debyuti esa shvedlarga omadli keldi, 50-daqiqada Augustinsson jamoasini oldinga olib chiqdi. 62-daqiqada Meksika darvozasi tomon penalti belgilandi, uni Grankvist aniq bajarib jamoasining ikkinchi golini urdi.

74-daqiqada Alvares o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va hisob yirik ko‘rinishga keldi.

Shu tariqa, Shvetsiya muhim g‘alabani qo‘lga kiritgan holda 1/8 finalga 1-o‘rinni olib yo‘l oldi yo‘l oldi. Meksika esa Germaniyaning mag‘lubiyati sabab, keyingi bosqichga chiqadigan bo‘ldi.

JCH-2018
“F” guruhi 3-tur

Meksika – Shvetsiya 0:3 (0:0, 0:3)

Gollar:
0:1 – 50 Augustinsson, 0:2 – 62, penalti Grankvist, 0:3 – 74, avtogol Alvares.

Meksika – Ochoa, Moreno, Salsedo, Alvares, Layyun, Errera, Galyardo (Fabian, 65), Vela, Guardado (Korona, 75), Losano, Ernandes.

Shvetsiya – Olsen, Lindelef, Augustinsson, Lyustig, Grankvist, Klasson, Larsson (Svensson, 57), Ekdal (Xilyemark, 80), Forsberg, Berg (Telin, 68), Toyvonen.

Ogohlantirishlar: Galyardo (1), Larsson (26), Moreno (61).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shvetsiya so‘nggi turda Meksikani yirik hisobda yengdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi (foto)