01:06 / 28.06.2018
3 485

Braziliya so‘nggi turda Serbiyaga imkon qoldirmadi va 1/8 finalga yo‘l oldi

Braziliya so‘nggi turda Serbiyaga imkon qoldirmadi va 1/8 finalga yo‘l oldi
JCH-2018 musobaqasi “Ye” guruhi 3-tur uchrashuvidan o‘rin olgan Serbiya hamda Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. “Spartak Arena”da bo‘lib o‘tgan bahsda braziliyaliklar g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuv “pentakampionlar”ning hujumlari ostida boshlandi, biroq birinchi bo‘lim debyutida serblar himoyasi yaxshi harakat qildi. Braziliyaning hujumlari 36-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi: Fillipe Koutino ajoyib pas bilan Paulinoni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi, yarim himoyachi esa to‘pni darvozabonning ustidan oshirgan holda gol urdi.

68-daqiqada Tiago Silva Neymar tomonidan burchakdan uzatib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘naltirdi va jamoasining ikkinchi golini urdi.

Shu tariqa, Braziliya uchinchi turda g‘alabaga erishgan holda guruhda birinchi o‘rinni oldi va 1/8 finalda Meksika bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. Serbiya esa turnirdagi ishtirokini yakunladi.

JCH-2018
“Ye” guruhi 3-tur

Serbiya – Braziliya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar:
0:1 – 36 Paulino, 0:2 – 68 Tiago Silva.

Serbiya – Stoykovich, Milenkovich, Kolarov, Rukavina, Velkovich, Milinkovich-Savich, Matich, Kostich (Radonich, 82), Tadich, Lyayich (Jivkovich, 75), Mitrovich (Yovich, 89).

Braziliya – Alisson, Tiago Silva, Marselo (Filipe Luis, 10), Fagner, Miranda, Paulino (Fernandino, 66), Kazemiro, Koutino (Renato Augusto, 80), Villian, Neymar, Gabriel Jezus.

Ogohlantirishlar: Lyayich (33), Matich (48), Mitrovich (70).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Braziliya so‘nggi turda Serbiyaga imkon qoldirmadi va 1/8 finalga yo‘l oldi