01:16 / 28.06.2018
3 297

JCH-2018. Shveysariya Kosta-Rika bilan durang o‘ynadi va pley-offga chiqdi (foto)

JCH-2018. Shveysariya Kosta-Rika bilan durang o‘ynadi va pley-offga chiqdi (foto)
JCH-2018 musobaqasi “Ye” guruhi 3-tur uchrashuvidan o‘rin olgan Shveysariya hamda Kosta-Rika terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z yakuniga yetdi. “Nijniy Novgorod” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda durang natija qayd etildi.

31-daqiqada Blerim Jemaili raqib jarima maydonida yuzaga kelgan tartibsizlikdan unumli foydalanib, yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Kendal Uotson muvozanatni tiklashga erishdi.

Ikkinchi bo‘lim so‘nggida tomoshabinlar yana ikkita gol ko‘rishdi. 88-daqiqada Yosip Drmich Shvetsiyaning ikkinchi golini urgan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Kosta-Rika vakillari penalti ijro etishdi. Brayan Ruisning bergan zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi va Yann Zommerning boshiga tegib darvozadan joy oldi.

Shu tariqa, Shveysariya guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan holda 1/8 finalga yo‘l oldi va Shvetsiya bilan o‘ynaydi.

JCH-2018
“Ye” guruhi 3-tur

Shveysariya – Kosta-Rika 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar:
1:0 – 31 Djemaili, 1:1 – 56 Uoston, 2:1 – 88 Drmich, 2:2 – 90, avtogol Zommer.

Shveysariya – Zommer, Sher, Rodriges, Lixtshtayner, Akandji, Shakiri (Lang, 81), Djaka, Bexrami (Zakariya, 60), Djemaili, Gavranovich (Drmich, 69), Embolo.

Kosta-Rika – Navas, Gonsales, Uoston, Ovyedo, Akosta, Ruis, Borxes, Kempbell, Gusman (Asofeyfa, 90), Gamboa (Smit, 90), Kolindres (Uolles, 81).

Ogohlantirishlar: Gamboa (11), Kempbell (29), Lixtshtayner (37), Zakariya (75), Sher (83), Uoston (89).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2018. Shveysariya Kosta-Rika bilan durang o‘ynadi va pley-offga chiqdi (foto)