09:25 / 29.06.2018
2 893

U Madridni tark etadimi? “Real” Ronaldu bilan shartnomaga o‘zgartirish kiritdi

U Madridni tark etadimi? “Real” Ronaldu bilan shartnomaga o‘zgartirish kiritdi
“Real” rahbariyati Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilish summasini kamaytirishga kelishib oldi. OK Diario`ning yozishicha, amaldagi shartnomada bu summa miqdori 1 milliard yevro deb ko‘rsatilgan.

Endilikda 2021 yil yoziga qadar amalda bo‘ladigan ushbu shartnomani 120 million yevro evaziga muddatidan oldin bekor qilish mumkin. E’tiborli tomoni, “Barselona” va “PSJ” klublari uchun dastlabki 1 milliard yevrolik to‘lov miqdori o‘zgarmay qoladi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining so‘nggi finalidan keyin Ronaldu Madridni tark etishi mumkinligiga ishora qilgandi.

2009 yildan buyon qirollik klubi a’zosi sanaladigan Ronaldu o‘tgan vaqt davomida 438 rasmiy o‘yinda klub sharafini himoya qilib, 450ta gol muallifiga aylangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U Madridni tark etadimi? “Real” Ronaldu bilan shartnomaga o‘zgartirish kiritdi