06:30 / 30.06.2018
3 646

Cheran “Paxtakor” safida xet-trikka erishdi (video)

Черан "Пахтакор" сафида хет-трикка эришди (видео)
Mavsumning ikkinchi yarmiga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan Toshkentning “Paxtakor” klubi bugun ushbu yig‘in doirasida Kamerunning “Kolombe” klubiga qarshi nazorat bellashuvi o‘tkazdi.

Uchrashuv “sherlar”ning to‘liq ustunligida ostida kechib, “Paxtakor” raqib darvozasini javobsiz 6 marta ishg‘ol qilishdi. O‘yinda Cheran xet-trik, Kozak dubl qayd etishga erishdi. Yana bir to‘p Gonsalvesh hisobiga yozildi. Shu tariqa Turkiya yig‘inida Ummon olimpiya termasi 4:0, “Kolombe” esa 6:0 hisobida dog‘da qoldirildi.

“Paxtakor” 1 iyul kuni Turkiyadan Toshkentga qaytib keladi va 8 iyulda “Buxoro” bilan kechadigan uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettiradi.

Quyida Kamerun jamoasiga qarshi kechgan uchrashuv videosharhi bilan tanishish imkoniga egasiz.

“PAXTAKOR” - “KOLOMBЕ” - 6:0

“Paxtakor”: Suyunov (Lobanov, 46), Kozak (Salimov, 60), Simich (Tojiyev, 60), A’zamov (Krimes, 60), Shorahmedov (Sayfiyev, 46), Ahmedov, Rahmatullayev (Ahmadov, 46), Masharipov, Cheran (Iskanderov, 60), Ibrohimov, Gonsalvesh.

Gollar: Gonsalvesh 8, Cheran 14, 23, 39, Kozak 20, 39.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Cheran “Paxtakor” safida xet-trikka erishdi (video)