14:25 / 30.06.2018
2 629

Qozonni kim oladi - Messi yoki Grizmann?

Qozonni kim oladi - Messi yoki Grizmann?
Bugun, 30 iyun kuni Tatariston markazi - Qozonda kechadigan Fransiya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda JCH-2018 turnirining ilk chorak finalchisi aniqlanadi.

Bugun nihoyat Messi haqiqiy o‘yinini namoyish etadimi? Fransiya ham nihoyat chempionlik uchun jiddiy kurash boshlaydimi? Kim kuchli - Yevropa vitse-chempionimi yoki Janubiy Amerikaning ikkinchi jamoasimi? Quyida ushbu terma jamoalarning imkoniyatlarini baholaymiz.

1/8 finalga yo‘l
Argentina astoydil o‘ynamoqda. Bu terma jamoa oxirgi turda Rossiya mundiali yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan, Lionel Messi Ekvador darvozasini 3 bor ishg‘ol etib, Xorxe Sampaoli va boshqalarni jahon chempionatiga olib chiqqandi. Jahon chempionati guruh bosqichida ham argentinaliklar tushunib bo‘lmaydigan o‘yin ko‘rsatishdi. Oxirgi turda yana Messi Nigeriya darvozasiga gol urdi (ha bu hal qiluvchi gol bo‘lmadi) va Argentina amallab pley-offga yo‘l oldi.

Fransuzlar o‘z muxlislarining asab tolalarini o‘zlarida qoldirgan. JCH-2018 startida ikki g‘alaba va natijasi ahamiyatsiz uchinchi turda Daniya bilan golsiz durang (bu hozircha turnirdagi yagona golsiz durang). Qayd etish kerakki, Fransiya termasi turnirdan oldin asosiy favoritlardan biri sifatida ko‘rilayotgandi, agar bugun ular o‘zlarini chempionlik uchun asosiy favoritlardan deb his qilishmasa, ularning boshiga ham Germaniyaning kuni tushadi.

Yoshlikmi yoki tajriba?

Foto: Sport Ekspress
Kartalar ochilganda ko‘rishimiz mumkinki, fransuzlarning kuzirlari argentinaliklarnikidan kattaroq. Fransiyada butunlay yoshargan yangi avlod - hujum chizig‘i yosh yulduz futbolchilardan iborat. Avstraliyaga qarshi o‘yinda Desham Fransiya tarixidagi eng yosh tarkibni maydonga tushirdi, futbolchilarning o‘rtacha yoshi o‘sha o‘yinda 24 yoshu 6 oyni tashkil etgandi.

Argentina esa aksincha, bu safargi jahon chempionatiga yoshi o‘tgan futbolchilar tarkibi bilan kelgan - Nigeriya bilan o‘yinga Argentinaning o‘z tarixidagi eng qari tarkibi tushirilgandi - 30 yoshu 189 kun. Lekin aytish kerakki, bu terma jamoa oxirgi daqiqalarda katta kuch bilan oldinga tashlanishiga va g‘alabani yulqib olishiga xalal bera olmadi. Chunki, bu g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq haddan tashqari yuqori edi, lekin Fransiya Nigeriya emas, fransuzlar argentinaliklarni tezlikda ham, dadillikda ham va bardoshlilikda ham ortda qoldirishi mumkin. Lekin Messi bunga rozi bo‘larmikin? Qolaversa, tajriba ham o‘z so‘zini aytishi mumkin - argentinaliklar finallarga chiqishni qoyillatishadi. Ha, lekin ular finallarda faqat mag‘lub bo‘lib kelishmoqda.

Himoya chiziqlari taqqosi
Ikki termani ham mustahkam himoyaga ega deb aytish qiyin. Armani va Lloris tengdosh - 31 yosh. Ammo birinchisi o‘z debyutini JCH-2018 turniri uchinchi turida amalga oshirdi, Lloris esa Fransiya sardori hisoblanadi, u o‘tgan 10 yildan oshiq vaqt davomida uchranglilar safida 100dan oshiq o‘yin o‘tkazgan. Fransiya himoya markazidagi Varan va Yumtiti esa bugungi kunda “Real” hamda “Barselona”ning ishonchli qo‘rg‘onlari sanalishadi. Ularning ikkisi ham argentinaliklarning yagona umidi - Messiga qarshi qanday o‘ynash kerakligini juda yaxshi bilishadi. O‘z navbatida, Sampaoli jamoasida himoya markazida harakat qiluvchi Otamendi va Roxo guruh bosqichida bittadan gol urganiga qaramasdan, 3 o‘yinda 5ta gol o‘tkazilishiga qarshilik qila olishmadi. Ular Fransiyaning fantastik uchligi - Grizman, Mbappe va Dembelega qarshi turishi qiyin bo‘ladi.

Maydon markazidagi qarama-qarshilik
Ikki jamoa ham raqib jarima maydoniga yetib borishi uchun maydon markazidan o‘tib olish kerak bo‘ladi. Ikki jamoada ham top-stopperlar bor - Kante va Maskerano. Messiga to‘p yetkazib berish vazifasi Nigeriya bilan o‘yinda bo‘lgani kabi Banegaga yuklatilgan (u ham 30 yoshdan oshdi). Ikkinchi tomonda esa paslarni Pogba yetkazib berish bilan shug‘ullanadi, argentinaliklarga u uzatgan to‘plarni to‘sish qiyin bo‘ladi.

Messi va Ronaldu uchrashuvi
Tayyorgarlik jarayoniga istalgan jihat ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, Argentina termasi futbolchilari joylashgan Qozondagi mehmonxona ro‘parasidagi devorga Ronalduning graffitini ishlashgan. Bu mahalliy rassomlarning ishi. Shu tariqa, ikki futbolchining uchrashuvi muddatidan oldinroq ro‘y berdi, ularning yo‘li turnir davomida ham kesishishi mumkin, buning uchun Argentina Fransiyani, Portugaliya Urugvayni yengishi talab etiladi, o‘shanda Messi va Ronaldu chorak finalda bir-biriga qarshi turishi mumkin. Aks holda, ular hazil postda aytilganidek Moskvadan vatanlariga qaytib ketishda, aeroportda uchrashishlariga to‘g‘ri keladi.

Bugun Qozonni kim oladi, Messimi, Grizmann?

FRANSIYA – ARGЕNTINA

30 iyun. Qozon. “Kazan Arena” stadioni. 19.00 (Rossiya 1).
Hakamlar: FAGANI. Mansuri, Sokandan (barchasi – Eron).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qozonni kim oladi - Messi yoki Grizmann?