02:11 / 02.07.2018
3 404

Xorvatiya penaltilar seriyasida Daniyani yengdi va chorak finalga yo‘l oldi

Xorvatiya penaltilar seriyasida Daniyani yengdi va chorak finalga yo‘l oldi
JCH-2018 musobaqasi 1/8 finalidan o‘rin olgan Xorvatiya hamda Daniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. “Nijniy Novgorod” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda Xorvatiya termasining qo‘li baland keldi.

Daniya terma jamoasi o‘yinning ilk daqiqasidayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi, Matias Yorgensening yaqin masofadan bergan zarbasini Subashich qaytarishda xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘p darvozadan joy oldi.

Biroq xorvatlar bu golga tezda javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldilar, raqib jarima maydoni ichidagi tartibsizlikdan unumli foydalangan Mario Manjukich muvozanatni tiklashga erishdi.

Uchrashuv yuqori tempda boshlandi va birinchi bo‘lim xuddi shu ko‘rinishda davom etdi. Ikkinchi bo‘lim esa birinchisiga nisbatan sokinroq ruhda o‘tdi va jamoalar ehtiyotkor o‘yin ko‘rsatishdi. Uchrashuvning asosiy vaqti durang natija bilan tugadi va qo‘shimcha taymlar belgilandi.

To‘rtinchi bo‘limda xorvatiyaliklar hisobni ochishlari mumkin edi, biroq Luka Modrichning penaltidan bergan zarbasini Kasper Shmeyxel egallab oldi. Shu tariqa, barchasi penaltilar seriyasida aniq bo‘ladigan bo‘ldi.

“Futbol lotoreyasi”da omad Xorvatiya termasi tomonida bo‘ldi.

Shu tariqa, xorvatlar penaltilar seriyasida g‘alabani qo‘lga kiritgan holda chorak finalga yo‘l oldilar va u yerda Rossiya bilan kuch sinashadilar.

JCH-2018
1/8 final

Xorvatiya – Daniya 1:1 (1:1, 0:0, 0:0, 0:0) (pen. 3:2)

Gollar:
0:1 – 1 Yorgensen, 1:1 – 4 Mandjukich.

Xorvatiya – Subashich, Lovren, Strinich (Pivarich, 81), Vrsalko, Vida, Modrich, Rakitich, Perishich (Kramarich, 97), Brozovich (Kovachich, 71), Rebich, Mandjukich (Badel, 108).

Daniya – Shmeyxel, Kyer, Kristensen (Shene, 46), Knudsen, Yorgensen, Dileyni (Kron-Deli, 98), Eriksen, Dalsgor, Poulsen, Kornelius (Yorgensen, 66), Breytueyt (Sisto, 105).

Ogohlantirish: Yorgensen (115).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xorvatiya penaltilar seriyasida Daniyani yengdi va chorak finalga yo‘l oldi