19:15 / 03.07.2018
3 270

Igor Shkvirinning o‘zbek futboliga oid 4 iqrori

Igor Shkvirinning o‘zbek futboliga oid 4 iqrori
O‘z davrining mashhur va iqtidorli futbolchisi, bugunga kelib esa “Surxon-Termiz” jamoasi murabbiyi Igor Shkvirin Toshkent shahridagi MySoccerAcademy Amerika-Ispaniya Futbol Akademiyasi ochilishida qatnashib, xorijliy murabbiylar va o‘zbekistonlik yuniorlarga oq yo‘l tiladi. Kun.uz nashri tadbir doirasida Shkvirin bilan qisqa bo‘lsa-da, o‘zbek futbolining buguni haqida suhbatlashib, uning qiziqarli fikrlari bilan bo‘lishishga qaror qildi.

Kurash shiddatli kechadigan sharoitda futbolchilarning mahorati oshadi

Avvallari faqat “Bunyodkor”, “Paxtakor” va “Lokomotiv” kabi klublar uchun bir mavsumda 6-8 shiddatli o‘yin bo‘lgan bo‘lsa, hozir har bir o‘yinda qattiq kurash ketmoqda. Bunday taranglik O‘zbekistonda to‘p suruvchi futbolchilar uchun juda yaxshi. Chunki kurash shiddatli bo‘lgan sharoitda sportchilarning mahorati oshadi.

Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qozog‘istongina O‘zbekistonga raqiblik qila oladi

Qo‘shni mamlakatlardan faqat Qozog‘iston bizga raqiblik qilishi mumkin, chamamda. Tojikiston yoki Qirg‘iziston futbolchilari bu borada biroz sustroq. Agar Markaziy Osiyo ligasi yo‘lga qo‘yiladigan bo‘lsa, yana o‘sha formatdagi o‘yinlar kuzatiladi, ya’ni biz qirg‘izlar yoki tojiklarni ortda qoldirishimizni bilamiz, faqat qozoqlar bilan o‘yin qiziq kechishi mumkin.

Bugun futbolchilarga vatanparvarlik tuyg‘usi yetishmayapti

Nafaqat o‘zbek futbolida, balki umuman futbolchilarda eng avvalo, vatanparvarlik tuyg‘usiga e’tibor qaratish kerak. Futbolimiz professional bo‘lganidan keyin hamma pul ishlash kerakligini tushunib qoldi. Biroq pullardan tashqari yana munosabatlar ham bor. Ba’zi o‘yinchilar xorijiy mamlakatlar jamoalariga o‘tib ketishadi va u yerda yaxshi pul topishadi, O‘zbekistonga qaytganda esa bunday pullarni topa olishmaydi. Faqat moliyaviy foydani ko‘zlamasdan, vatan uchun xizmat qilish, uning sha’nini ko‘tarish haqida o‘ylashsa, boshqa gap. Vatanparvarlik hissini shu yerda tarbiyalash kerak, futbolchilarimiz vatan oldidagi burchlarini his qilishlari kerak.

Futbolchining professional xususiyatlari bilan birga insoniy fazilatlari ham muhim

Futbolchilarni saralashda eng avvalo ularning professional xususiyatlariga e’tibor qarataman. Shu bilan birga, ularning insoniy fazilatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shunday bo‘lsa-da, hammaning fe’li har xil, futbolchilarning orasida og‘irroq fe’llilari ham bo‘ladi. Bundaylar bilan ishlash ham qiziq, ularni bir qolipga solib bo‘lmaydi, sport yulduzlariga e’tibor bersangiz, ko‘pchiligi qaysar bo‘ladi. Biroq professional xususiyatlari uchun aksariyat sabr qiladi. Umuman olganda, bugungi kunda nafaqat futbolchilar, balki murabbiylar ham qattiq ishlashi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Igor Shkvirinning o‘zbek futboliga oid 4 iqrori