07:06 / 04.07.2018
3 430

Angliya penaltilar seriyasida Kolumbiyani yengdi va chorak finalga chiqdi

Angliya penaltilar seriyasida Kolumbiyani yengdi va chorak finalga chiqdi
JCH-2018 musobaqasi 1/8 finalidan o‘rin olgan Kolumbiya hamda Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. “Otkrыtiye Arena”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda inglizlarning qo‘li baland keldi.

Birinchi bo‘lim Angliya termasining kichik ustunligida o‘tdi va keskin hujumlarga boy bo‘lmadi. Tanaffusgacha darvozalar oldida yaqqol golga tortadigan vaziyatlar deyarli sodir etilmadi.

Ikkinchchi bo‘lim esa ancha keskin kurashlarga boy bo‘ldi. 57–daqiqada Karlos Sanches o‘z jarima maydoni ichida Xarri Keynni qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi. Natijada belgilangan penaltini Keynning o‘zi aniq bajarib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Barchasi inglizlarning g‘alabasi tomon ketayotgan bir vaqtda kolumbiyaliklar hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda hisobni tenglashtirishga erishdilar: Yerri Mina burchakdan uzatib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi va muvozanatni tiklashga erishdi.

Shu tariqa, o‘yinning asosiy qismida durang natija qayd etildi va qo‘shimcha bo‘limlar belgilandi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham hisob o‘zgarmadi va barchasi penaltilar seriyasida hal qilinadigan bo‘ldi. Futbol lotoreyasida omad Angliyaga kulib boqdi.

Angliya ushbu g‘alabadan so‘ng chorak finalga yo‘l oldi va u yerda Shvetsiya termasi bilan kuch sinashadi.

JCH-2018
1/8 final

Kolumbiya – Angliya 1:1 (0:0, 1:1, 0:0, 0:0) (pen. 3:4)

Gollar:
0:1 – 57, penalti Keyn, 1:1 – 90+4 Mina.

Kolumbiya – Ospina, Mina, Moxika, Aryas (Sapata, 116), Sanches, Lerma (Bakka, 62), Sanches (Uribe, 79), Kuadrado, Barrios, Kintero (Muriel, 88), Falkao.

Angliya – Pikford, Uoker (Reshford, 113), Stounz, Yang (Rouz, 102), Maguayr, Alli (Dayer, 81), Lingard, Sterling (Vardi, 88), Xenderson, Trippyer, Keyn.

Ogohlantirishlar: Barrios (41), Aryas (52), Sanches (54), Xenderson (56), Falkao (63), Bakka (64), Lingard (69), Kuadrado (118).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Angliya penaltilar seriyasida Kolumbiyani yengdi va chorak finalga chiqdi