08:25 / 04.07.2018
3 637

Umid Ahmadjonov Lozannada XOQ Prezidenti Tomas Bax bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto)

Umid Ahmadjonov Lozannada XOQ Prezidenti Tomas Bax bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto)
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax taklifiga ko‘ra Shveysariyaga jo‘nab ketgandi.

Kecha, 3 iyul kuni Lozannadagi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi qarorgohida Umid Ahmadjonov Tomas Bax bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda MOQ axborot xizmati xabar berdi.

Tomonlar bungacha Pxyonchxandagi qishki Olimpiya o‘yinlari vaqtida ko‘rishib, umumiy masalalar yuzasidan suhbat o‘tkazgandilar. Bugun esa Umid Ahmadjonov Tomas Bax bilan ilk rasmiy uchrashuvini o‘tkazdi. Unda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbarlari bir qancha masalalarni muhokama qilishdi.

Umid Ahmadjonov uchrashuvda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tarkibida shu kungacha nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyodan mutlaqo a’zo bo‘lmagani, shuning uchun XOQ sessiyasida mintaqamizdan ham o‘z ovozi va saylash xuquqiga ega a’zoni tarkibga kiritish masalasini ko‘tardi.

Tomas Bax esa o‘z navbatida XOQning 2019 yilgi umumiy yig‘ilishida Umid Ahmadjonov nomzodini Ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga taqdim etishga va’da berdi.

Ma’lumki, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladigan sport musobaqalari FIFA tasarrufidagi turnirlardek ko‘p emas. Tashkilot asosan yozgi va qishki Olimpiya o‘yinlari, o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazadi. Umid Ahmadjonov uchrashuv davomida Tomas Baxga XOQ shafeligi ostida kechadigan yangi musobaqalarni tashkil etish, bunday nufuzli musobaqaga Toshkent shahri mezbonlik qilishga tayyor ekanligi borasida taklif kiritdi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari bunga javoban, 2019 yilgi XOQning marketing masalalariga bag‘ishlangan yirik anjumanini Toshkentda o‘tkazish niyati borligini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov Lozannada XOQ Prezidenti Tomas Bax bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto)