14:30 / 06.07.2018
2 884

Lotoreya, psixologiya yoki matematika? Ispaniya De Xeaning yalqovligi uchun mag‘lub bo‘ldi (foto)

Lotoreya, psixologiya yoki matematika? Ispaniya De Xeaning yalqovligi uchun mag‘lub bo‘ldi (foto)
Internetda Rossiyaning Ispaniya ustidan qozongan g‘alabasi haqlimi yoki shunchaki omad, degan tortishuvlar davom etmoqda. Va ushbu savol meni ham qiynab kelgan edi. Lekin penaltilar seriyasida bir lahza bo‘ldiki, barcha savollarga javob topildi; bu Sergey Ignashevichning markazga yo‘llagan aniq zarbasi, Ispaniya posboni David de Xea esa xatoga yo‘l qo‘ydi va o‘ng tomonga sakradi. Aytishingiz mumkin, rossiyalik himoyachining zarbasini nima aloqasi bor? Biroq amalda aynan ushbu lahza ispanlarning Rossiyaga qarshi o‘yinga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatib berdi: ispanlar ushbu bahsga jiddiy hozirlik ko‘rmagan.

Aks holda David raqiblarining to‘pni qay tarafga yo‘llashini bilar edi. Cherыshev va Dzyuba kabi hujumchilar odatdagidan boshqacha tepsa ham, 38 yoshli himoyachi bilan bo‘lgan zarbada aniq yordam berar edi. Sergey Ignashevich barcha 11 metrlik jarima zarbalarini bir xil usulda amalga oshiradi: «to‘sin»dan aniq markaz bo‘ylab. Himoyachi oxirgi marotaba boshqacha usulda 2016 yili «Amkar»ga qarshi o‘yinda tepgan ekan. Sergeyning qat’iyligi va ispanlarning umuman tayyorgarlik ko‘rmagani o‘z ishini bajardi. Strategik nuqtai nazardan darvozabon joyidan jilmagan bo‘lar edi. Ammo De Xea buni bilmagan va bu ispanlarga mundialdan chiqib ketish bilan yakun topdi.

Akinfeyevchi?

Ispanlarning egoistik xarakteri ostida Rossiya terma jamoasi darvozabonining jihatlari yaqqol ko‘rinib turdi. O‘yinni himoyadan qurgan Stanislav Cherchesov o‘yinning yakunini penaltilarga borishini tahmin qilgan va bunga munosib tayyorgarlikni ko‘rgan. Bunday holatlarda murabbiyning ishi bitta: darvozabonga qalam bilan bloknot topshiriladi va foydasiz, tavakkal sakrashlar o‘rniga monitor oldida raqibni o‘rganadi. Buni posbonlar uchun uy vazifasi desak ham bo‘ladi. O‘zining iste’dodiga umid qilgan De Xeadan farqli ravishda tajribali va yoshi katta Akinfeyev raqibning o‘yinlarini erinmasdan ko‘rib chiqqan. Bu mehnatning oqibatida 5 zarbaning 2 tasi qaytarildi. 40 % - natija jismoniy jihatdan penalti qaytarish uchun mukammal bo‘lmagan posbon uchun ajoyib ko‘rsatkich.

Zarba beruvchini o‘rganish 11 metrlik zarbani qaytarishda imkoniyatlarni oshiradi. Bunga bir misolni keltirish lozim deb topdim. Petr Chex Yevropa chempionlar ligasining finalida Aren Robbenning penaltisini qaytargani esingizdami? 95-daqiqadagi ajoyib seyv «aristokratlar»ga penaltilar seriyasi qadar yetib borishni va keyinchalik «Chelsi» g‘alaba qozonishini ham ta’minlab berdi. Chex o‘yindan keyin o‘zining sakrashini quyidagicha izohlab bergan:

«Biz ikkimiz ham juda charchagan edik. Arenning chap oyog‘i bilan zarba berishini, lekin qay tarafga yo‘naltirishini bilmas edim: u har doim turli tomonga tepadi. Ikkimiz ham chapaqaymiz va men chapaqay futbolchi kabi o‘ylay boshladim: «Men charchadim va zarbani aniqlik bilan emas, kuch bilan tepaman. Shunday ekan, o‘zimga nisbatan o‘ng tomonga tepaman».

Va men chap tarafga sakradim» (Chexning Sky Sports ga bergan intervyudan)

Shunday ekan raqibni o‘rganish va tahlil qilish uning ustidan g‘alaba qozonishga xizmat qiladi.
Bobur Sobirjonov


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lotoreya, psixologiya yoki matematika? Ispaniya De Xeaning yalqovligi uchun mag‘lub bo‘ldi (foto)